calendar 24 Nov 10:31
eye 52
comments 0
comments Manba: qalampir

Ilon Mask va Barak Obama Qatardagi JChda mehmon bo'ladi

image
image

Qatardagi jahon chempionati tashkilotchilari futbol turniri mehmoni sifatida Ilon Mask va Barak Obamani kutib olishga hozirlik ko'rmoqda. Bu haqda Dohadagi mehmonxona xodimlariga tayanib, TASS nashri xabar berdi.

"Biz Mask, Obama va boshqa faxriy mehmonlarni mehmonxonamizda kutmoqdamiz. Bunday darajadagi mehmonlar kelishiga tayyorgarlik jahon chempionati ochilishidan avval boshlangan edi. Ular uchun barcha stadionlarning VIP sektorlariga "Oltin" yo'llanmalar va eng yaxshi mehmonxona nomerlari tayyorlab qo'yilgan", deydi mehmonxona xodimlari.

Maʻlumot uchun, Ilon Mask sayyoradagi eng boy odam bo'lib, uning boyligi 169,8 milliard dollarga baholangan. Barak Obama esa 2009-2017 yillarda Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionatida AQSh terma jamoasi Eron, Uyels va Angliya jamoalari bilan bir guruhda o'ynaydi. Birinchi davrada amerikaliklar uyelsliklar bilan durang o'ynashdi – 1:1. Unda Liberiya Prezidenti va 1995 yilgi "France football" nashrining "Oltin to'p" mukofoti sohibi Jorj Veaning o'g'li Timoti Vea uyelsliklar darvozasini ishg'ol qilgan edi.

Sohiba Komilovna


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
470
0
xs.uz

Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi

Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor

31 May 08:50
 
121
0
xs.uz

AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi

Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres

17 May 21:47
 
53
0
xs.uz

Tramp Gʻazo bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga vaʼda berdi

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) Gʻazo sektoridagi vaziyatni kuzatib boradi va Falastin anklavidagi muammolarni hal qilish niyatida. Bu haqda AQSH yetakchisi Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chogʻida maʼlum qilgan.'Biz [Gʻazo sektori] va aholisi muammolari bilan shugʻullanamiz', ' dedi Oq uy rahbari.Uning soʻzlariga koʻra, hozir Falastin anklavida koʻp yomon narsalar sodir boʻlmoqda. Mahalliy aholi ochlikdan aziyat chekmoqda.Shu yilning 14-may kuni 'Maan' axborot age

31 May 08:50
 
42
0
xs.uz

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel