calendar 23 Nov 09:20
eye 44
comments 0
comments Manba: xs

Samarqandda fuqarolarni 3 yildan buyon Isroilga ishga joʻnatishni vaʼda berib kelayotgan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

image

Foto: IIV Axborot xizmati

Samarqand viloyati Samarqand tumani Gaffarov koʻchasida yashovchi 28 yoshli M.Sh. Samarqand shahri boʻyicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, oʻz arizasida Samarqand shahri S.Ayniy mahallasida yashovchi 42 yoshli I.D.(ayol) uni Isroil davlatiga ishlashga yuborishini vaʼda qilib, 2019-yil noyabr oyidan 2021-yil yanvar oyiga qadar boʻlib-boʻlib, jami 14.100 AQSH dollarini olganligini, biroq shu kunga qadar I.D. uni Isroil davlatiga yubormasdan, pullarini qaytarib bermay aldab kelayotganligini, shu sababli unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Bundan tashqari, Samarqand tumani Qoʻshmasjid MFYda yashovchi 36 yoshli D.U. ariza bilan murojaat qilib, uz arizasida I.D. (ayol) uni xam Isroil davlatiga ishlashga yuborishini vaʼda qilib, 2019-yil dekabr oyidan 2020-yil yanvar oyiga qadar boʻlib-boʻlib, jami 10.000 AQSH dollarini olganligini, biroq shu kunga qadar uni Isroil davlatiga yubormasdan, pullarini qaytarib bermasdan, aldab kelayotganligini, shu sababli unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Mazkur holatlar yuzasidan Samarqand shahar boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi «a,b» bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari oʻrganilib, huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
25
0
xs.uz

Andijon tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi

Davlat rahbari tibbiyotda Andijon brendini yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi.Bu borada oʻtgan yili 650 oʻrinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga oʻtkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard soʻm berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni oʻzida ham oʻqish, ham amaliyot oʻtash imkonini beradi.Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yoʻlga qoʻyish, klinika yoniga travmatologiya, ped

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi

2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us

20 Mar 12:53
 
54
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh

23 Mar 16:43
 
65
0
xs.uz

Saudiya Arabistonida hibsga olingan 19 nafar oʻzbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Joriy yilning 12-14-mart kunlari 19 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, jumladan Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar vatanga qaytarildi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olingan 19 nafar ayollar oʻz oilasi bagʻriga qaytishga muvaffaq boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston fuqarolari Saud