calendar 31 Oct 10:21
eye 50
comments 0
comments Manba: xs

Romitanda bolalarni MTTga qamrab olish 83 foizga yetdi?

image

Foto: Xalq so‘zi

Buxoro viloyati Romitan tumanida 3-7 yoshli bolalar soni 11 ming 828 nafarni tashkil etmoqda. Tabiiyki, ularni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish dolzarb yumushlardan biri sanaladi.

Tumanda shu yoʻnalishda izchil ishlar olib borilmoqda. Kuni kecha «Attoron» mahallasidagi 8-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining yangi binosi qurilib foydalanishga topshirilgani ham shundan dalolat bermoqda. Investitsiya dasturi asosida 3 milliard 583 million soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan binoda oʻgʻil-qizlarning chinakamiga bolalik gashtini surishlari, risoladagidek taʼlim-tarbiya olishlari uchun barcha qulayliklar muhayyo etilgan.

Obyektni foydalanishga topshirish munosabati bilan oʻtkazilgan marosimda soʻz olganlar ana shu haqida toʻxtalib, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar kelajakka kiritilgan katta sarmoya ekanini taʼkidladilar.

Aytish joizki, ushbu maskanning foydalanishga topshirilishi ortidan tumanda bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish darajasi salkam 83 foizga yetdi. Vaholanki, bundan ikki yil muqaddam bu koʻrsatgich 54 foiz atrofida edi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekiston Fransiyadan 14 ta yangi “Airbus” samolyotini xarid qiladi

Bu borada elchilarimiz ishtirokida boshqa davlatlarda ham targʻibot ishlarini faollashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.Masalan, Xitoyning eng olis provinsiyalari, Gonkongdan ham sayyohlar kelishni boshladi. Yoki, Polshaga aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilgani uchun ushbu mamlakatdan sayyohlar 7 karra oshdi, butun Sharqiy Yevropadan turist olib kelish imkoni paydo boʻldi.Fransiyaga tashrifda 14 ta yangi zamonaviy 'Airbus' samolyotini xarid qilish, yana 5 tasini ijaraga olishga kelishildi, 'Boei

12 Apr 21:15
 
59
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti rahbarini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global o'zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.O'zbekistonning ushbu nufuzli tuzilma bilan amaliy hamkorligini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.Toni Bler Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi va ko'lamini yuksak baholadi, ularni yanada ilgari surish doirasida zarur ekspert-maslahat ko'magini ko'rsatishga tayyorligini bil

12 Apr 21:14
 
45
0
xs.uz

Ohangaronda 316,4 mln soʻmlik “svet” oʻgʻirlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, 'B.S.' MChJ rahbari X.X. 4-kichik tuman hududida joylashgan spirtli ichimliklar savdo doʻkonida noqonuniy ravishda umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulanib olgan.Mazkur qonunbuzilish holati natijasida jami 316,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydala

16 Apr 15:12
 
59
0
xs.uz

“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi

Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar