calendar 05 Oct 08:32
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbekistondagi umumtaʻlim maktablari reytingi eʻlon qilindi

image
image

O'zbekistondagi umumtaʻlim muassasalarining reytingida Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarlari yetakchi o'rinlarni egalladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʻlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasida umumtaʻlim maktablari reytingini eʻlon qilishga bag'ishlangan tadbirida maʻlum qilindi.

Maʻlum qilinishicha, Taʻlim inspektsiyasi tomonidan o'tgan bir yil davomida maktablar reytingini aniqlash bo'yicha ikkita tadqiqot amalga oshirilgan. Xususan, barcha maktablar reytingini aniqlash uchun respublikamizning 14 ta hududidagi 207 ta tuman (shahar)larda joylashgan 9 954 (o'tgan yilda 9 622 ta) maktab faoliyati tahlil qilindi.

Tahlil natijalari asosida 2021 yil yakunlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek tuman (shahar) kesimida umumtaʻlim muassasalarining reytingi hamda tuman va shaharlarning taʻlim sifati bo'yicha reytingi tayyorlangan.

Bunda xalqaro tajriba (Finlyandiya, AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya) hamda mahalliy ustuvor masalalarga alohida eʻtibor berilib, 4 ta yo'nalishda 8 ta indikator belgilangan.

•    o'quvchilarning hayotga tayyorgarlik darajasi (bilim darajasi, oliygohlarga kirish ko'rsatkichi, xorijiy tilni bilish darajasi va bandlik);
•    pedagoglarning sifat tarkibi va salohiyati (oliy va birinchi toifaga ega pedagoglar ulushi);
•    maktablardagi maʻnaviy-maʻrifiy va o'quv-tarbiyaviy muhit
•    (5 ta tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar va o'quvchilar orasida jinoyatchilik);
•    mahalliy hokimliklarning maktablar rivoji uchun qo'shgan hissasi (mahalliy byudjyetning orttirilgan mablag'lari hisobidan maktab rivoji uchun sarflangan mablag'lar).

Qoraqalpog'iston, viloyatlar va Toshkent shahri bo'yicha reytingda eng yuqori o'rinlarni Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari egallagan bo'lsa, eng oxirgi o'rinlarni Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari band etgan.

Tuman va shaharlar reytingida yuqori o'ntalikdan Navoiy, Buxoro shaharlari, Jondor tumani, Kogon shahri, Zarafshon, Xiva shaharlari, Kogon, Uchquduq tumanlari, Urganch, G'ozg'on shaharlari joy oldi.

So'nggi o'rinlarni esa Bo'ka, Taxiatosh, Toshkent, Tuproqqalʻa, Zafarobod tumanlari, Nurafshon shahri, hamda Uchtepa, Qibray, Qamashi, Yuqori Chirchiq tumanlari band qildi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar bo'yicha yuqori o'ntalikdan Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanidagi 4-IDUM, Xorazm viloyati Urganch shahridagi 6-IMI, Buxoro viloyati Jondor tumani 49-IDUM, Xorazm viloyati Shovot tumani XFMMI, Buxoro viloyati Kogon tumani 1-IDUM, Xorazm viloyati Xiva shahri 56-IMI, Jizzax viloyati Jizzax shahri "Umid IDUM"», Namangan Mingbuloq tumani 13-IDUM, Namangan viloyati Chortoq tumani 20-IDUM, Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani 12-AFChO'IMIlar o'rin oldi.

So'nggi o'rinlarda esa Toshkent viloyati Bo'ka tumanidagi 16-IDUM, Namangan viloyati Namangan shahridagi 40-IDUM, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 69-IDUM, Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 180-IDUM, Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanidagi 12-IDUM, Farg'ona viloyati Yozyovon tumanidagi 39-IDUM, Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 56-IDUM, Xorazm viloyati Xiva shahridagi 97-MMI, Xorazm viloyati Bog'ot tumanidagi 47-IDUM, Toshkent viloyati Bo'ka tumanidagi 27-IDUM maktablar qayd etildi.

Umumiy o'rta maktablar reytingida yuqori TOP-10 likdan Navoiy viloyati Navoiy shahri 13-maktab, Buxoro viloyati Buxoro shahri 38-maktab, Buxoro viloyati Buxoro tumani 49-maktab, Buxoro viloyati Jondor tumani 3-maktab, Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonliko'l tumani 21-maktab, Navoiy viloyati Navoiy shahri 9-maktab, Buxoro viloyati Buxoro shahri 28-maktab, Buxoro viloyati Buxoro tumani 14-maktab, Buxoro viloyati Jondor tumani 41-, 38-maktablar o'rin oldi.

So'nggi o'rinlarda esa Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 34-maktab, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 209-maktab, Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 295-, 62-maktablar, Xorazm viloyati Tuproqqalʻa tumanidagi 16-maktab, Buxoro viloyati G'ijduvon tumanidagi 54-maktab, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 99-98- va 100-maktablar hamda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 178-maktab ekanligi maʻlum bo'ldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
24
0
xs.uz

Termizda tibbiyot klasteri tashkil etiladi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Termiz shahrida Oʻzbekiston ' Hindiston qoʻshma korxonasi 'NOVA PHARM' bosh direktori Satvinder Singx hamda uning hamkorlari Vikas Panvar va Namrita Singx mehmon boʻlib turibdi.Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimovning mehmonlar bilan uchrashuvida farmatsevtika va tibbiyot sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Mehmonlar viloyat markazida universitet va zamonaviy klinikalarni oʻz ichiga olgan tibbiyot klasteri

21 Apr 08:33
 
18
0
xs.uz

“Ustimdan asossiz ariza berilgan”. Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tuman IIBda asossiz ushlab turilganini aytmoqda

Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tumani ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgani, ish uchun ahamiyati boʻlmasa-da mobil telefoni olib qoʻyilganini bildirib, Telegram kanalida murojaat'eʼlon qildi.Uning maʼlum qilishicha, kecha, 19-aprel kuni maslahatlashish 'bahonasida' Yangiyoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgan va u yerda bir necha soat ushlab turilgan.'Yashash joyim ham, propiskam ham Yangiyoʻlda emas. Biroq nega Yangiyoʻl IIB bu ish bilan shugʻullanayo

18 Apr 11:07
 
31
0
xs.uz

Erkalatsa otasi, boshga chiqar bolasi

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Farzandini suymagan inson yoʻq. Biroq uni haddan ziyod erkalatishning foydasidan zarari koʻproq. Buni yaqinla Namanganda 16 yoshli qizning avtomashina ruliga oʻtirishi oqibatida roʻy bergan fojia yana bir bor tasdiqladi.Gap shundaki, Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro 'Spark' rusumli transport vositasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik tajribasi yoʻq qiziga ishonib topshiradi. Rulga qizi yonidagi old oʻrindiqqa esa oʻzi oʻtiradi. Bu paytda or

12 Apr 21:15
 
21
0
xs.uz

Oʻzbekiston Fransiyadan 14 ta yangi “Airbus” samolyotini xarid qiladi

Bu borada elchilarimiz ishtirokida boshqa davlatlarda ham targʻibot ishlarini faollashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.Masalan, Xitoyning eng olis provinsiyalari, Gonkongdan ham sayyohlar kelishni boshladi. Yoki, Polshaga aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilgani uchun ushbu mamlakatdan sayyohlar 7 karra oshdi, butun Sharqiy Yevropadan turist olib kelish imkoni paydo boʻldi.Fransiyaga tashrifda 14 ta yangi zamonaviy 'Airbus' samolyotini xarid qilish, yana 5 tasini ijaraga olishga kelishildi, 'Boei