calendar 25 Sep 11:31
eye 39
comments 0
comments Manba: qalampir

Referendumda qancha xersonliklar ovoz bergani maʻlum qilindi

image
image

Ikki kun davomida Xerson viloyatining 16 mingdan ortiq aholisi Rossiyada joylashgan saylov uchastkalarida referendumda ovoz berdi. Bu haqda viloyat saylov komissiyasi raisi Marina Zaxarova maʻlum qildi.

"Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan xorijiy saylov uchastkalarida 24 sentyabr kuni 5100 nafar, jami ikki kunlik ovoz berish jarayonida Rossiya hududida 16440 nafar fuqaro ovoz berdi", deydi u.

Qayd etilishicha, Rossiya tarkibiga qo'shilish bo'yicha referendum 23 sentyabr kuni ertalab Zaporojye va Xerson viloyatlari, shuningdek, (tan olinmagan) Donetsu va Luganck xalq respublikalarida boshlangan. Ovoz berish uchun 27 sentyabrgacha vaqt berilgan.

Hududlar vakillarining fikricha, Rossiyaga qo'shilish ularning xavfsizligini taʻminlaydi va tarixiy adolatni tiklaydi.

Eslatib o'tamiz, Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarni reintegratsiya qilish vazirligi  "Donetsk" va "Lugansk xalq respublikalari" deb ataluvchi hududlarda, shuningdek, Ukrainaning Zaporojye va Xerson viloyatlarida ayirmachilar nazorati ostidagi bosib olingan hududlarda o'tkazilgan psevdoreferendumga aloqadorlarning barchasi jinoiy javobgarlikka tortilishini maʻlum qilgan edi.

Farangiz Salimova


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 21:26
 
104
0
qalampir.uz

AQSHda dunyodagi eng qudratli narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

Dunyoning eng qudratli narkobaronlaridan biri, Meksikaning “Sinaloa” karteli rahbari, “El Mayo” laqabi bilan tanilgan Ismael Zambada kecha, 25 iyul kuni AQSH federal agentlari tomonidan Texas shtatining El-Paso shahrida hibsga olindi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi xabar berdi. 76 yoshli Zambada bilan birga jinoiy tashkilot asoschilaridan biri, hozirda AQSH qamoqxonasida o‘tirgan Xoakin “El Chapo” Gusmanning o‘g‘li Xoakin Gusman Lopes ham hibsga oling

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

BMT Bosh kotibi global Olimpiya sulhiga chaqirdi 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzidagi barcha qurolli mojarolar ishtirokchilarini Olimpiya yarashuvi ruhida qurollarini tashlashga chaqirdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi. Tinchlik tashabbusi BMT matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videomurojaatda aytilgan. Guterrish bu 26 iyun kuni Fransiyada boshlanadigan yozgi Olimpiada musobaqasining tantanali ochilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiadadan u

29 Jul 16:38
 
144
0
xs.uz

Shimoliy Koreya hududlarida kuchli yomgʻir yogʻdi. Aholini evakuatsiya qilishga shaxsan Kim Chen In rahbarlik qilgan

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Kim Chen In bir kun oldin qutqaruv markazi tashkil etilgan aviabazaga yetib kelgan va yomgʻirdan jabr koʻrgan mahalliy aholini evakuatsiya qilishni shaxsan oʻzi nazorat qilgan. Operatsiyaga Koreya xalq armiyasi havo kuchlari vertolyotlari va dengiz flotining qutqaruv kemalari jalb qilingani maʼlum.'

19 Aug 07:04
 
14
0
xs.uz

Toshkentdan Kuala-Lumpurga uchgan samolyotda oʻgʻrilar ushlandi

Qayd etilishicha, joriy yilning 15-avgust Toshkent-Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilgan aviaqatnovda yoʻlovchilarning qimmatbaho buyumlari oʻgʻirlangan. Samolyot Malayziyaga yetib kelgach, politsiya chaqirilgan.Ekipaj huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan birgalikda havo kemasini koʻzdan kechirish boʻyicha tegishli protseduralarni amalga oshirgan va jarayonda barcha buyumlar topilgan. Gumon qilingan chet el fuqarolari esa shu joyning oʻzida ushlanib, politsiya x