calendar 22 Sep 12:32
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir

Shomurodov terma jamoada gol urish borasida Messi va Xolandni ortda qoldirdi

image
image

O'zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning "Roma" klubi futbolchisi Eldor Shomurodov 2022 yilda terma jamoalar tarkibida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylandi. Bu haqda "Transfermarkt" portali xabar berdi.

Eldor Shomurodov 2022 yilda O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun 9 ta gol kiritgan. Shomurodovdan keyingi o'ringa Erling Xoland joylashgan. Norvegiyalik futbolchi terma jamoa safida 8 ta gol urgan. Uchinchi pog'onaga Kamerun terma jamoasi aʻzosi Vensan Abubakar joylashgan. Abubakar ham Xoland singari 8 marta raqiblarining darvozasini ishg'ol qilgan.

Senegallik hujumchi Sadio Manega to'rtinchi o'rin nasib qilgan. Mane 7 ta golga mualliflik qilgan. Argentinalik Lionel Messi ushbu reytingda beshinchi o'rin bilan kifoyalangan. Messining hisobida 6 ta gol mavjud.

2022 yilda terma jamoada eng ko'p gol urgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing: 

1. Eldor Shomurodov (O'zbekiston) – 9 ta gol;

2. Erling Holand (Norvegiya) – 8 ta gol;

3. Vensan Abubakar (Kamerun) – 8 ta gol;

4. Sadio Mane (Senegal) – 7 ta gol;

5. Lionel Messi (Argentina) – 6 ta gol;

6. Kris Vud (Yangi Zelandiya) – 6 ta gol;

7. Joyel Sarruko (Frantsuz Gvianasi) – 6 ta gol;

8. Karl Toko-Ekambi (Kamerun) – 6 ta gol;

9. Viktor Osimxen (Nigeriya) – 5 ta gol;

10. Edinson Kavani (Urugvay) – 5 ta gol.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:48
 
577
0
xs.uz

Taysonni yenggan bloger endi Oleksandr Usikni nishonga oldi

Jeyk Pol va Oleksandr Usik oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan MMA jangi sport olamida katta qiziqish uygʻotmoqda. Blogerning biznes hamkori Nakisa Bidaryanning aytishicha, hozirda Pol va mutlaq ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni Oleksandr Usik jamoasi oʻrtasida 2026-yilda MMA jangini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.Usik avvalroq bir necha bor Jeyk Polni oktagonga chaqirgan edi. Endilikda bu chaqiriqlar jiddiy tus olyapti. Bidaryanning bayonotiga koʻra, Usik jamoasi

17 May 21:48
 
362
0
xs.uz

Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish bo‘yicha xalqaro turnirlar boshlandi

O'zbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida o'tayotgan 'UNG Meeting Continental' turniri Xalqaro yengil atletika federatsiyasining taqvimidan o'rin olgan bronza darajasidagi turnir bo'lib, unda 13 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqa bir kunga mo'ljallangan.Shuningdek, O'zbekiston kasaba uyushmalariga qarashli suv sporti saroyida sinxron suzish bo'yicha 'Suv parisi' Markaziy Osiyo ochiq chempionati tashkil etilmoqda. 6 mamlakat spo

04 Jun 02:45
 
131
0
xs.uz

Bu yil kim “oltin bola” boʻladi?

Yevropada eng iqtidorli yosh futbolchilarga beriladigan 'Golden Boy' mukofoti 2025-yilgi nomzodlar roʻyxati maʼlum boʻldi. 2003-yildan buyon har yili oʻtkazib kelinayotgan ushbu mukofot Yevropaning eng yirik klublarida toʻp surayotgan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan biriga topshiriladi.Dastlab Italiya nashri 'Tuttosport' tomonidan tashkil etilgan mukofotga hozirda 'LʻEquipe' (Fransiya), 'Bild' (Germaniya) va 'The Times' (Angliya) kabi ommaviy axborot vositalari ham baho berishda isht

31 May 08:50
 
43
0
xs.uz

Toshkentda golf bo‘yicha xalqaro turnir boshlanmoqda

Mazkur musobaqa avvallari Qozog'iston va Turkiyada o'tkazilgan bo'lib, bu gal unga poytaxtimiz mezbonlik qiladi.Bu yilgi bahslarda O'zbekiston, Qozog'iston, Xitoy, Hindiston, Qirg'iziston va Rossiyadan 8 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi.