calendar 22 Sep 12:31
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir

Rus-qozoq chegarasida tirbandlik: Qozog'iston rossiyaliklar uchun yopiladimi?

image
image

Rossiya fuqarolarining Qozog'istonga kirishini cheklab bo'lmaydi, lekin yashash uchun ruxsatnoma qonunga muvofiq va tegishli hujjatlar taqdim etilgandan keyin beriladi. Bu haqda Senat spikeri Maulen Ashimbayev maʻlum qildi.

Qayd etish kerakki, 21 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin qisman safarbarlik eʻlon qilganidan so'ng, mamlakatni ko'plab Rossiya fuqarolari tark eta boshladi.

Buning ortidan, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya-Qozog'iston chegara punktlarida tirbandliklar aks etgan videolari tarqalmoqda. Masalan, Rossiyaning Ozinki qishlog'i yaqinidagi G'arbiy Qozog'iston viloyatiga kirish punktida bir necha kilometrli tirbandlik paydo bo'lgan. Yo'lovchilarning taʻkidlashicha, ular 10 soatlab tirbandlikda qolishgan. Tarmoqlarda chegarani yopish haqida ham gap-so'zlar chiqdi.

Senat spikeri Maulen Ashimbayev chegaradagi vaziyatga munosabat bildirib, rossiyaliklarning Qozog'istonga kelib-ketishini taqiqlab bo'lmasligini taʻkidladi.

"Agar rossiyaliklar bizga kelib, keyin ketmoqchi bo'lsa, bu yerda biron-bir ish bilan bir muddat qolishni istasa, biz cheklay olmaymiz", deydi spiker.

Ashimbayevning qayd etishicha, Qozog'istonda vaqtincha yashash ruxsatnomasini olish uchun Rossiya fuqarolari jo'nab ketish varaqasini taqdim etishlari kerak.

"Agar fuqaro Qozog'iston davlat organlariga kelib, yashash uchun ruxsatnoma, yaʻni tayyorlashi kerak bo'lgan hujjatlar ro'yxatini so'rasa, ushbu hujjatlar orasida shaxs chiqib ketadigan davlatning roziligi to'g'risidagi band mavjud. Bu qonunlarimizda aniq belgilab qo'yilgan. Agar davlat fuqaroga ketishga ruxsat bermasa, lekin u qandaydir tarzda chiqib ketgan bo'lsa, Qozog'iston unga yashash uchun ruxsat bera olmaydi. Rozilik – bu ketish varaqasi, tegishli imzo va muhrlar bo'lishi kerak", deya tushuntirgan u.

Eslatib o'tamiz, 21 sentyabr kuni Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik to'g'risidagi farmonni imzoladi, unga ko'ra birinchi bosqichda 300 ming Rossiya fuqarosi frontga boradi. Safarbarlik haqidagi qarordan keyin Rossiya bo'ylab norozilik namoyishlari avj oldi. Hozirgacha 1000 dan ortiq odam hibsga olingan.

Farangiz Salimova


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
457
0
xs.uz

Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi

Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor

17 May 21:47
 
51
0
xs.uz

Tramp Gʻazo bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga vaʼda berdi

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) Gʻazo sektoridagi vaziyatni kuzatib boradi va Falastin anklavidagi muammolarni hal qilish niyatida. Bu haqda AQSH yetakchisi Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chogʻida maʼlum qilgan.'Biz [Gʻazo sektori] va aholisi muammolari bilan shugʻullanamiz', ' dedi Oq uy rahbari.Uning soʻzlariga koʻra, hozir Falastin anklavida koʻp yomon narsalar sodir boʻlmoqda. Mahalliy aholi ochlikdan aziyat chekmoqda.Shu yilning 14-may kuni 'Maan' axborot age

31 May 08:50
 
41
0
xs.uz

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel

08 Jun 02:27
 
157
0
xs.uz

Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda

Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga