calendar 13 Sep 04:20
eye 28
comments 0
comments Manba: xs

Qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari soʻnggi bosqichda

image

Foto: Xalq so‘zi

Tan olish kerak, bugungi kunga qadar respublikamizdagi barcha shahar va tumanlardagi mavjud koʻp qavatli uylarda issiqlik manbai abgor holatda edi. Ayniqsa, viloyatlarda xonadonlarni koʻmir bilan isitish odatiy holga aylanib qolgandi. Bu esa, tabiiyki, yongʻin xavfsizligi qoidalariga zid boʻlib, aholi bunday qaltis vaziyatlarni bartaraf etish imkoniyati cheklangani bois tang holatda yashashga majbur edilar. Andijon viloyatida bu kabi muammolarga barham berish, hamyurtlarimizning yashash sharoitlarini yaxshilash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, koʻp qavatli uylarni issiqlik manbai bilan taʼminlash chorasi koʻrilyapti. Misol uchun, Asaka tumanida energiya tejovchi qurilma orqali xonadonlarni isitish imkoniyati yaratilmoqda. 25 mlrd. soʻmlik loyiha asosida barpo etilayotgan markaziy qozonxona 30 ta koʻp qavatli uylar muammosiga yechim topadi.

— Viloyatdagi mavjud koʻp qavatli uylarni issiqlik manbai bilan taʼminlash borasida 34 ta ishchi guruhi tashkil etilgan boʻlib, ular 12 ta soha vakillaridan tarkib topgan, — deydi viloyat uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Shohruxbek Ibrohimov. — Ular tomonidan shu kungacha mavjud muammolarning 75 foizi barham topdi. Qolganlari yuzasidan avgust-oktyabr oylarida qishki mavsumga tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborilgan. Jumladan, Asaka tumanidagi Amir Temur nomli mahallada markaziy qozonxona qurilishi ishlari davom etmoqda. Shu kungacha 3 ta qozon oʻrnatilib, 7 km. masofaga gaz, 2 km.ga issiqlik tarmogʻi tortildi. Qolaversa, yangi elektr transfarmatori oʻrnatildi. Ayni paytda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Loyiha foydalanishga topshirilgach, 1034 ta xonadon nafaqat, issiqlik manbai bilan, balki issiq suv bilan ham taʼminlanadi. Shu bilan birga 6 ta ijtimoiy soha obyektlari, 3 ta maʼmuriy binolar ham ana shunday imkoniyatga ega boʻladi.

Issiqlik manbai bilan bogʻliq ish jarayonlari oktyabr oyining soʻnggi qadar davom etadi va aholi 1-noyabrdan boshlab qulay sharoitga ega boʻladi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
39
0
xs.uz

Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?

2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg

20 Mar 12:53
 
44
0
xs.uz

Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi

Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo

16 Apr 09:12
 
21
0
xs.uz

Prezident Yangi Andijonga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi

Bildirilishicha, davlat rahbari Yangi Andijon shahridagi 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida oʻtayotgan xalq saylida soʻzga chiqib, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan oʻzbek xalqi va millatini butun dunyoga tarannum etgan shoh va shoir ' Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qilgan.'Ishonchim komil', bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur ' jahon tari

15 Apr 07:05
 
19
0
xs.uz

Turkiyalik fuqaro murojaati sababli “Uzbekistan Airways”ga chora koʻrildi

Unga koʻra, Turkiya fuqarosi Qoʻmitaga murojaat qilib, aviakompaniyaning Anqara-Toshkent reysida yoʻlovchining sogʻligi uchun muhim boʻlgan maxsus (glyutinsiz) ovqat yetkazib bermaganligini bildirgan. Yoʻlovchi chipta sotib olish chogʻida oʻz sogʻligʻi bilan bogʻliq vaziyatni oldindan aviakompaniya bilan kelishib olgan va aviakompaniya ushbu maxsus ovqat reysda taʼminlanishini kafolatlagan boʻlgan. Biroq, parvoz kuni bu talab bajarilmagan.Bundan tashqari, murojaatda samolyot salonin