Nogironligi boʻlgan shaxslarning faoliyat yuritishi uchun ish oʻrinlari va kasblarni moslashtirish boʻyicha tavsiyalar tasdiqlandi


Hukumat qarori bilan tasdiqlangan mazkur Tavsiyalar barcha tashkilotlarda faoliyat yurituvchi nogironlarning mehnat munosabatlariga tatbiq etiladi.
Tavsiyalar nogironlarning maxsus yaratilgan ish joylari jihozlanishiga nisbatan belgilanadi.
Jumladan, koʻzi ojizlar uchun maxsus ish joylari jihozlanishiga quyidagilar tavsiya etiladi:
— binolarda, har xil inshootlarda, kirish joylarida, kommunikatsiya xonalarida, maʼmuriyat, madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish joylarida, ish joylarida, tibbiy xizmat koʻrsatish xonalarida, sanitariya-maishiy xonalarda hammaboplikni, xavfsizlikni, hayot faoliyatiga mos keladigan meʼyoriy sharoitlarini taʼminlash;
— koʻzi ojiz nogironligi boʻlgan shaxslar toʻsqinliksiz oʻz ish joyini topishi va mehnat funksiyalari bajarilishini taʼminlaydigan tiflotexnik belgilar va tuzulmalar bilan maxsus ish joyini jihozlash;
— qoʻshimcha periferiyali jihozlar va funksional maqsadli elektron tiflotexnik vositalar yordamida vizual maʼlumotga ovoz berish va koʻrish nazoratisiz mehnatni bajarish imkoniyatini taʼminlash;
— maxsus ish joyini yozuv uchun boʻrtma – naqsh-nuqtali va yassi bosmali harflar, shuningdek, toshqalam, daftarlar va yon daftarchalar, Brayl yozuvi uchun bosmali harf, tovushni yozuvchi va tovushni qaytadan tiklovchi asbob-uskunalar bilan jihozlash;
— kompyuterda ishlashga moʻljallangan ish joyini yirik boʻrtma – naqsh keskin farq qiladigan (kontrast) bosmali harf va Brayl bosmali harf (Brayl displey va Brayl klaviaturasi) bilan taʼminlash;
— maxsus asbob-uskunali va dasturli vositalar, shuningdek, moslashtirilgan taktil displey va audiodispley (nutq sintezatori) yordamida monitor ekranida vizual maʼlumotga ovoz berish imkonini yaratish.
Eshitish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus ish joylarini bajarilayotgan mehnat funksiyasini hisobga olgan holda, tovush kuchaytiradigan asbob-uskunalar va ovoz chiqaruvchi telefonlar bilan taʼminlash tavsiya etiladi.
Shuningdek, qaror bilan Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tavsiya etilgan ishchi kasblar va xizmat lavozimlarining namunaviy roʻyxati (klassifikatori) va Nogironligi boʻlgan shaxslarning faoliyat yuritishi mumkin boʻlgan kasblar va lavozimlar roʻyxati hamda mehnat sharoitlari boʻyicha tavsiyalar tasdiqlandi.
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak
“Afrosiyob” poyezdlari harakati jadvaliga oʻzgartirishlar kiritiladi
Oʻzgarishlar quyidagicha:
“Inson uchun” – inklyuziv yugurish marafoniga start berildi
Marafonda 300 nafardan ziyod nogironligi bo'lgan shaxslar ishtirok etdi. Ular sport orqali o'z salohiyatlarini ko'rsatish, yangi do'stlar topish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.'Inson uchun' marafoni ishtirokchilari quyidagi 4 yo'nalish bo'yicha, ayollar va erkaklar alohida baholanib, taqdirlandi:- ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar;- kar va zaif eshituvchilar;- aqliy rivojlanishda ortda qolganlar;- harakat tayanchi shikastlanganlar va boshqalar.'Inson uchun'
“Obod xonadon” sohibiga quyosh batareyalari oʻrnatib beriladi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Oltiariqning olis hududlari sirasiga kiruvchi 'Azimobod' mahallasi keyingi yillarda tumanning eng obod va fayzli goʻshasiga aylanib bormoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida mahalladagi ichki yoʻllar toʻliq asfaltlashtirildi, ichimlik va oqava suv tarmoqlari yangilandi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi zamonaviy mezonlar asosida taʼmirdan chiqarilib, oʻnlab yangi xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalari bunyod etildi. Ayni paytda mahalliy byudjet mablag