calendar 29 Jul 08:32
eye 39
comments 0
comments Manba: qalampir

Elnur Abduraimov meksikalik raqibini birinchi raundda nokautga uchratdi (video)

image
image

Bugun, 29 iyul kuni o'zbekistonlik professional bokschi Elnur Abduraimov AQShda tashkil etilgan  "Golden Boy Fight Night"  boks kechasida meksikalik Leonel Morenoga qarshi jang o'tkazdi.

Qayd etish kerak, ushbu jang vakant bo'lib turgan "IBF North American"  kamari uchun tashkil etildi.

10 raundga mo'ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi. Elnur Abduraimovning chap qo'lda raqib tanasiga bergan kuchli zarbasidan so'ng meksikalik bokschi og'riqdan yiqildi va jangni davom ettira olmadi. Shu tariqa ushbu to'qnashuv Elnurning muddatidan oldin qo'lga kiritgan ajoyib g'alabasi bilan yakunlandi.

Maʻlumot uchun, meksikalik charm qo'lqop ustasiga qarshi bahs Abduraimovning professional faoliyatidagi10-jang bo'ldi. Eʻtiborlisi, o'zbekistonlik bokschi ushbu janglarining barchasida g'alaba qozongan. U janglarning to'qqiztasida muddatidan oldin zafar quchgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi

15 Apr 07:06
 
42
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz debyut o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Quvonarlisi, ilk bor dunyo birinchiliklarida maydonga chiqqan yigitlarimiz Kuvaytni yirik 13:3 hisobida mag'lub etishdi.

16 Apr 09:12
 
40
0
xs.uz

Endilikda sportchilarga sport pasporti elektron shaklda berilishi yo‘lga qo‘yiladi

Endilikda, sport pasportini berish davlat xizmatini ko'rsatishda sportchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida sport pasportining amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali elektron shaklda berilishi yo'lga qo'yiladi.Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 dekabrdagi PQ-443-son qarori talablariga muvofiq, sport pasportini amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali el