calendar 18 Jul 05:31
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbekistonlik o'quvchilar Xalqaro olimpiadada bronza medalini yutdi

image
image

O'zbekistonlik o'quvchilira Xalqaro biologiya va matematika olimpiadalarida sovrindor bo'ldi. Bu haqda Xalq taʻlimi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabaringiz bor o'zbekistonlik o'quvchilar 10-18 iyul kunlari Armanistonda o'tkazilgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida qatnashdi. Dunyoning 64 davlatidan 256 nafar o'quvchi qatnashgan mazkur olimpiadada Toshkent pediatriya instituti akademik litseyi o'quvchisi Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qo'lga kiritdi.

Shuningdek, 6-16 iyul kunlari Norvegiyaning Oslo shahrida o'tkazilgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida ham o'zbekistonlik o'quvchi medalga ega chiqdi.

Dunyoning 104 ta davlatidan 589 nafar o'quvchi qatnashgan mazkur Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qilgan Qorako'l Xalqaro matematika maktabi o'quvchisi Lazizbek Rajabboyev bronza medalini qo'lga kiritdi.

Belgilangan tartibga ko'ra, medal sohibi bo'lgan o'quvchilar oliy taʻlim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi. 

Bronza medali uchun o'quvchiga 60 mln so'm, uning o'qituvchisiga esa 45 mln so'm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
36
0
xs.uz

“Inson uchun” – inklyuziv yugurish marafoniga start berildi

Marafonda 300 nafardan ziyod nogironligi bo'lgan shaxslar ishtirok etdi. Ular sport orqali o'z salohiyatlarini ko'rsatish, yangi do'stlar topish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.'Inson uchun' marafoni ishtirokchilari quyidagi 4 yo'nalish bo'yicha, ayollar va erkaklar alohida baholanib, taqdirlandi:- ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar;- kar va zaif eshituvchilar;- aqliy rivojlanishda ortda qolganlar;- harakat tayanchi shikastlanganlar va boshqalar.'Inson uchun'

16 Apr 15:12
 
26
0
xs.uz

“Obod xonadon” sohibiga quyosh batareyalari oʻrnatib beriladi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Oltiariqning olis hududlari sirasiga kiruvchi 'Azimobod' mahallasi keyingi yillarda tumanning eng obod va fayzli goʻshasiga aylanib bormoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida mahalladagi ichki yoʻllar toʻliq asfaltlashtirildi, ichimlik va oqava suv tarmoqlari yangilandi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi zamonaviy mezonlar asosida taʼmirdan chiqarilib, oʻnlab yangi xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalari bunyod etildi. Ayni paytda mahalliy byudjet mablag

16 Apr 09:12
 
35
0
xs.uz

Prezident Yangi Andijonga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi

Bildirilishicha, davlat rahbari Yangi Andijon shahridagi 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida oʻtayotgan xalq saylida soʻzga chiqib, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan oʻzbek xalqi va millatini butun dunyoga tarannum etgan shoh va shoir ' Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qilgan.'Ishonchim komil', bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur ' jahon tari