
Buxoro davlat universitetida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi, iqtisodiyot fanlari doktori, Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi uyushmasi raisi, senator Murtazo Rahmatov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Senator va yoshlar muloqotida iqtisodiyot tarmoqlari uchun yetuk, bilimli, zukko kadrlar tayyorlash masalasi ustuvor oʻrin tutdi.
— Bilimsiz, ilmsiz taraqqiyotga erishib boʻlmaydi, — dedi senator M.Rahmatov. — Bilim olish, ilm oʻrganish har bir yigit-qizning eng zarur hayotiy masalasiga aylanishi kerak. Toki, ular orasidan iqtisodiyotimiz rivojiga xizmat qiladigan kuchli mutaxassislar yetishib chiqsin.
Senator Oʻzbekistonda paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgani, ushbu innovatsion usulning afzal jihatlariga toʻxtaldi. Ilmni amaliyot bilan uygʻunlashtirish masalalariga eʼtiborni qaratdi.
Yakunda Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi hamda Buxoro davlat universiteti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi.
Xitoy Raisi Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bilan qutladi
O'zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaMuhtaram Prezident janoblari!Xitoy taqvimi bo'yicha Yangi yil bayrami munosabati bilan yo'llagan tabrigingiz uchun Sizga samimiy minnatdorligimni izhor etaman.O'zbek xalqining an'anaviy Navro'z bayrami munosabati bilan Xitoy hukumati va xalqi nomidan Sizga, O'zbekiston hukumati va xalqiga samimiy tabriklarimizni yetkazmoqchiman.Ming yillik tarixga ega Navro'z bahor kelishi va tabiat uyg'onishini ifodalab, o'zbek xalqining bax
Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby
Koʻp vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar dunyoqarashini haligacha oʻzgartirmagan — Prezident
Joriy yilda Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya, Kuvayt va Fransiyaga tashriflarda 39 milliard dollarlik 178 ta loyiha boʻyicha kelishuvlarga erishildi.Oʻtgan hafta Samarqandda Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 12 milliard yevro ajratishini maʼlum qildi.Shularni hisobga olib, 2025-yilda:Joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizga 8 milliard 600 million dollar investitsiya'keldi.'Lekin koʻp vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar 'investitsiya oʻzi boʻlaveradi', degan fikr bilan yuri
Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti rahbarini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global o'zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.O'zbekistonning ushbu nufuzli tuzilma bilan amaliy hamkorligini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.Toni Bler Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi va ko'lamini yuksak baholadi, ularni yanada ilgari surish doirasida zarur ekspert-maslahat ko'magini ko'rsatishga tayyorligini bil