calendar 01 Jul 12:31
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir

Davlat OTMlarida magistraturaga qabul boshlandi 

image
image

Bugun, 1 iyuldan respublika Oliy taʻlim muassasalarida magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro'yxatdan o'tkazish jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy va o'rta maxsus taʻlim vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022-2023 o'quv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga o'qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy  http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30 iyulga qadar davom etadi. 

Eslatib o'tamiz, 2022-2023 o'quv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o'rtacha ko'rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo'yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʻiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qo'shimcha imtihon o'tkazilmaydi.

Shuningdek, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʻlimdan keyingi taʻlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin bo'ladi.

Quyida magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro'yxati mavjud.



Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
56
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi

2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us

16 Apr 09:11
 
28
0
xs.uz

Salomatlikka oid so‘nggi uskuna va texnologiyalar namoyishi

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko'rgazmada yigirmadan ziyod davlatlardan 400 dan ortiq kompaniyalar hamda brendlar ishtirok etyapti.Ular orasida AQSH, BAA, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Ispaniya, Rossiya, Singapur, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Qozog'iston kabi davlatlarning vakillari ham eng so'

20 Mar 12:53
 
53
0
xs.uz

Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda

Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o