calendar 01 Jul 08:21
eye 62
comments 0
comments Manba: xs

Prezidentimizning ishonchi motivatsiya beradi

image

Foto: Xalq so‘zi

Bu yilgi Yoshlar kuni bayrami xotiramda unutilmas taassurotlar bir umrga muhrlanib qoladigan boʻldi.

Xabaringiz bor, Prezidentimiz Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etib, “Besh tashabbus” yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etilgan pavilyonlar faoliyati bilan tanishdi, yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Davlatimiz rahbari men bilan ham samimiy suhbatlashib, orzu-maqsadlarim bilan qiziqdi, ishlarimga omad tiladi. Marrani yanada kattaroq olishga undadi.

Suhbat davomida Prezidentimiz yosh tadbikor sifatida olib borayotgan ishlarimdan xursand ekanligini taʼkidlab, Rishton kulolchiligini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha maslahatlar berdi.

Hozirda yuzlab tengdoshlarim men bilan yonma-yon mehnat qilmoqda. Kulolchilik klasterida tayyorlanayotgan mahsulotlarimiz qoʻshni respublikalar, MDH davlatlariga ekport qilinmoqda. Italiya, Buyuk Britaniya, Turkiya singari mamlakatlardagi hamkorlar bilan oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish uchun dastlabki qadamlar tashlandi. Yaqin istiqbolda AQSH, Yaponiyada kulolchilik mahsulotlari koʻrgazmalarini tashkil etish, savdo uylarini ochishni rejalashtirganmiz.

Shunisi aniqki, Prezidentimizning biz, yosh tadbirkorlarga katta ishonch bildirib, eʼtibor va ragʻbat koʻrsatishi, gʻayrat-shijoatga undashi elu yurtga sidqidildan xizmat qilishda yanada kuch, motivatsiya beradi.

 

Shokir AHMADJONOV,  Rishton tumanidagi “Mingboshi Keramik” kulolchilik klasteri rahbari.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
27
0
xs.uz

Oʻzbekistonda necha nafar nogironligi boʻlgan shaxslar bor?

2025-yil I choragi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar soni 1 million 31 ming 609 nafarni yoki Oʻzbekiston umumiy aholisining 2,7 foizini tashkil etmoqda. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, nogironligi boʻlgan shaxslarning 173 ming 285 nafari 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni, 94 ming 722 nafari ' I guruh, 695 ming 372 nafari ' II guruh hamda 67 ming 6 nafari ' III guruh nogironlari hisoblanadi.Shuningdek, nogironligi boʻlgan sh

23 Mar 16:44
 
63
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlatimiz rahbari tashrif davomida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiladi, bunyodkorlik ishlari va turli loyihalar bilan tanishadi.

23 Mar 16:43
 
46
0
xs.uz

Oʻzbekistonning 9 viloyatida sel xavfi eʼlon qilindi

Kelayotgan hafta davomida Oʻzbekistonning 9 ta viloyati hududida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda 'Oʻzgidromet' agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 23-27-mart kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.Quyidagi hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin:'Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvch

21 Apr 08:33
 
25
0
xs.uz

Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha issiq suvsiz qoladi

Qayd etilishicha, joriy yilning aprel va may oylarida 'Toshkent Issiqlik Markazi' tashabbusi bilan amalga oshiriladigan issiqlik manbalarini rejalashtirilgan profilaktik oʻchirishlar jadvalida oʻzgarishlar kiritilgan.Yangilangan jadvalga muvofiq, 20-apreldan 21-aprelga oʻtar kechasi IM-1: Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Yashnabod tumanlari, 21-apreldan 22-aprelga oʻtar kechasi esa IM-3: Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlariga qarashli qozonxonalar faoliyati toʻxtatiladi.Koʻrsatilgan dav