calendar 01 Jul 07:31
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbekistonga qo'shni davlatda kazino va qimor o'yinlari qonuniylashtirildi

image
image

Qirg'iziston 10 yillik tanaffusdan keyin kazino va qimor o'yinlarini legallashtirmoqda. Bundan maqsad – davlat byudjyetiga qo'shimcha mablag'larni jalb etish. Bu haqda mamlakat Prezidenti Sadir Japarov imzolagan "Qirg'iziston Respublikasida qimor o'yinlari to'g'risida"gi va "Qimor o'yinlari masalalari bo'yicha ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar kiritish to'g'risida"gi qonunlarida belgilangan. 

Kazino to'g'risidagi qonunda qimor faoliyati subʻyektlari Qirg'iziston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxslar, shu jumladan xorijiy shaxslar ekanligi belgilab qo'yilgan.

Vakolatli davlat organi tomonidan 10 yil muddatga beriladigan litsenziya asosida faqat masʻuliyati cheklangan jamiyat yoki yopiq aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxslar qimor faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega. Litsenziyalar berish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda pullik asosda amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, qimor o'yinlari muassasasi bolalar bog'chalari, maktablar, universitetlar, boshqa taʻlim muassasalari, tibbiyot va diniy muassasalar, madaniyat muassasalari, shuningdek turar-joy binolarida joylashgan bo'lishi mumkin emas.

Bundan tashqari, qonun Qirg'iziston Respublikasi fuqarolari, 21 yoshga to'lmagan chet el fuqarolari, muomalaga layoqatsiz chet el fuqarolari qimor o'yinlarining mijozlari bo'la olmaydilar.

2022 yilda 1 ta o'yin stoli uchun bazaviy stavka 750 ming som, 2023 yilda 1 million som, 2024 yildan soliq davri – bir kalendar oy uchun 1 million 250 ming somni tashkil etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
393
0
xs.uz

“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi

Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar

21 Apr 08:34
 
22
0
xs.uz

Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi

Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish

15 Apr 07:06
 
37
0
xs.uz

AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi

AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp

15 Apr 07:06
 
40
0
xs.uz

AQShda 17 yoshli yigit Trampga suiqasd uyushtirish uchun ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ota-onasini oʻldirdi

Maʼlum boʻlishicha, Federal qidiruv byurosi oshkor qilgan hujjatga koʻra, 17 yoshli Nikita Kasap joriy yilning 11-fevral kuni otasi 51 yoshli Donald Mayer hamda onasi 35 yoshli Tatyana Kasapni oʻldirib, jasadlarni xonadondagi kiyimlar orasiga yashirib, 10 kundan ortiq vaqt davomida saqlab kelgan.Biroz vaqtdan soʻng, Nikita Kasab otasining shaxsiy avtomobilida harakatlanib ketayotganda yoʻl qoidasiga rioya qilmagani uchun shahar politsiyasi tomonidan toʻxtatilgan. Yigitning shubhali haraka