calendar 30 Jun 21:20
eye 37
comments 0
comments Manba: xs

Erdoʻgʻon Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi uzoq davom etishi haqida ogohlantirdi

image

Foto: AP

Erdoʻgʻon Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga arizalarini koʻrib chiqish shartini ilgari surdi

Turkiya parlamenti Shvetsiya va Finlyandiya oʻz majburiyatlarini bajarmasa, Shimoliy Atlantika ittifoqiga qoʻshilish haqidagi arizalarini ratifikatsiya qilish taklifini koʻrib chiqmaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdoʻgʻon maʼlum qildi.

“Bu uzoq davom etadigan jarayon, biz bizga berilgan kafolatlarning bajarilishini nazorat qilamiz. Agar talablar bajarilmasa, biz ratifikatsiya qilish taklifini parlamentga yubormaymiz”, dedi Turkiya prezidenti Madriddagi sammit yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumani chogʻida agar bu davlatlar oʻz majburiyatlarini bajarmasa, xafa boʻlmaslikka chaqirib. 

Turkiya Shvetsiyadan taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasining (PKK) 73 nafar aʼzosini ekstraditsiya qilish kafolatini oldi. Bundan tashqari, 2022-yil 1-iyuldan boshlab Shvetsiya Turkiya bilan erishilgan kelishuv doirasida terrorchilik jinoyatlari toʻgʻrisidagi qonunni kuchaytirishga rozi boʻldi.

28-iyun kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Madriddagi uchrashuvdan soʻng Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya delegatsiyalari qoʻshma memorandum imzolaganini va endilikda Anqara bu davlatlarning alyansga kirishini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini aytgan edi.

Xelsinki va Stokgolm Anqaraning xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi xavotirlarini inobatga olishga vaʼda berdi. Stoltenbergning soʻzlariga koʻra, 29-iyun kuni Finlyandiya va Shvetsiyaga alyansga aʼzo boʻlish uchun rasman taklif qilingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
62
0
xs.uz

2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT

BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti

04 Apr 16:20
 
44
0
xs.uz

AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi

AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu

20 Mar 12:55
 
72
0
xs.uz

Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yoʻq qilmoqchi

AQSH prezidenti Donald Tramp bugun, 20-mart kuni Taʼlim vazirligini tugatish haqidagi farmonni imzolashi kutilmoqda. Bu haqda 'Politico' gazetasi hujjat loyihasiga tayanib yozmoqda.Nashrning yozishicha, tegishli hujjatda taʼlim vaziri Linda Makmaxonga idorani yopishga yordam berish uchun 'barcha zarur choralarni koʻrishi' taʼkidlanadi.'Prezident Donald Tramp payshanba kuni Taʼlim vazirligini tugatish jarayonini boshlash toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashga tayyor. Bu harakat orqali u saylovo

20 Mar 12:50
 
57
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича