Fotoreportaj: Iroq va Kuvayt qum bo‘roni ostida qoldi

Iroqqa yopirilgan kuchli qum bo‘roni oqibatida mingdan ortiq odam kasalxonaga yotqizildi, deb yozadi “RBK”. Mamlakatning ko‘plab hududlarini qoplagan bo‘ron sababli uchta xalqaro aeroport, shu jumladan, Bag‘dod aeroporti ham yopildi. Hukumat 23-may, dushanba kunini dam olish deb e’lon qildi.
Bo‘ron, shuningdek, Kuvaytning bir nechta tumanlarida ham kuzatildi, aeroportlar faoliyatini izdan chiqarib, katta ko‘lamli jamoat tadbirlari bekor qilinishiga sabab bo‘ldi. Bu Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklaridagi shunday bo‘ronlardan keyin Fors ko‘rfaziga yopirilgan qum bo‘ronlari ketma-ketligining so‘nggisi bo‘lib turibdi.
Sinoptiklar qum bo‘roni bilan bog‘liq changli sharoitlar tufayli xavfli ob-havo haqida umummilliy ogohlantirish e’lon qildi. Noqulay ob-havo sharoitlari 48 soat mobaynida — 25-mayga qadar saqlanib qoladi. Kuvayt, Fors ko‘rfazi sohili, 2022-yil 23-may
Foto: EPA/“TASS”
Shifokorlar tushuntirishicha, shamol uchirib kelayotgan chang va qum nafaqat ko‘rinish darajasiga, balki fuqarolar salomatligiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bunday tabiiy ofatlar chog‘ida ko‘plab bemorlar respirator kasalliklari yuzasidan tibbiy yordam so‘rab murojaat qiladi. Ayniqsa, homiladorlar, bolalar, keksalar va ochiq havoda ishlaydiganlar alohida xavf ostida. Yirik chang zarralari shilliq qavatlarga ta’sir qilib, allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, surunkali yurak va qon-tomir tizimi, o‘pka kasalliklari va astma bilan og‘rigan bemorlar ahvoli yomonlashgan.
Bag‘doddagi kasalxona, Iroq, 2022-yil 23-may
Foto: AP Photo
Ayollar qum bo‘roni chog‘ida An-Najafdagi Imom Ali masjidi yonida, Iroq, 2022-yil 23-may
Foto: Reuters
Kuvayt minoralari, shaharning asosiy ko‘zga ko‘ringan nuqtalaridan biri, chang bilan qoplangan, 2022-yil 23-may
Foto: EPA/“TASS”
Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi
Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.Mahalliy 'La Stampa' gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezi
Tramp Ukrainadan AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda
Amerika yetakchisi Donald Tramp Ukrainadan Rossiya bosqini boshlanganidan keyin AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda. Bu haqida 'Pravda' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma shtatlar Ukraina bilan tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha shartnomaga yangi kelishuv shartlarini qoʻshgan.Yangilangan shartlarga koʻra, shartnoma imzolanishi uchun Ukraina Rossiyaning keng koʻlamli bosqini boshlanganidan keyin Qoʻshma Shtatlardan harb
AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik “oltin kartalar” sotdi
AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik 'oltin kartalar' sotdi. Bu haqida Qoʻshma Shtatlar savdo vaziri Hovard Latnik 'All In' podkastidagi nutqida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda 'Financial express' nashri.Latnikning taʼkidlashicha, AQSH bir kun ichida mingta 'oltin karta' sotgan hamda bu orqali hukumat 5 milliard dollar daromad qilgan. Uning fikricha sotilgan 'Oltin kartalar'dan tushgan mablagʻlar davlat byudjeti defitsitini qisqartirishga yoʻnaltiriladi.Maʼlumot uchun, 'Oltin kartalar' max
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22html5-dom-document-internal-entity1-minus-end23-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda boʻladi.'Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.Tashrif davomida Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Xabarda aytilishicha, asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O