Istalgan kishini hayratga soladigan ajabtovur dizaynga ega metro bekatlari (foto)

Katta shaharlarda yashab, odamlar ko‘p vaqtlarini yo‘lda o‘tkazishga odatlanib qolishgan. Ba’zan ish, kafe, maktab bir-biridan ancha uzoqda joylashgan bo‘ladi, infratuzilma u yerga borishning turli usullarini taklif qiladi — tramvay, avtobus, taksi, ba’zi shaharlarda metro ham. Me’morlar metroni o‘zlarining eng yaxshi asarlarini namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat sifatida tanlamaganida, metro eng zerikarli transport vositasi bo‘lishi mumkin edi.
Katta Xelsinkidagi metro bekati bezaklari. Ba’zan butun rasmni o‘zgartirish uchun bitta shift yetarli.
Foto: AdMe
Erondagi ushbu metro bekatidagi shift qadimiy shaharlar devorlarini va bir vaqtning o‘zida cho‘ldagi qumtepalarni eslatadi.
Foto: AdMe
Istanbul metrosi ozgina harakat bilan yorqin natijaga erishish mumkinligini eslatadi
Foto: AdMe
Shahar tarixiga bo‘lgan hurmatni Istanbul metrosidagi devorlarda ham ko‘rish mumkin
Foto: AdMe
Istanbuldagi bu bekatda hatto devorlari ham dengiz haqida gapiradi
Foto: AdMe
Dunyodagi eng qisqa metro joylashgan Isroilning Hayfa shahridagi oltita metro stansiyasidan biri
Foto: AdMe
Haqiqiy stimpank muxlislari uchun Arz-e-Metye Parij stansiyasi
Foto: AdMe
Berlinda hayvonot bog‘iga bormoqchi bo‘lsangiz xaritaga qarashingiz shart emas: bekat nomi ham, dizayni ham qayerda ekaningizni aytib beradi.
Foto: AdMe
Sharqona naqshlar Toshkentdagi metro dizaynida ham o‘z aksini topgan
Foto: AdMe
Toshkent metrosining “Kosmonavtlar” bekatidagi barelyeflar shunday bezatilganki, ular kosmik kema illyuminatorlarini eslatadi.
Foto: AdMe
Rang va yorug‘lik g‘alayonlari — Tayvandagi bu metro stansiyasini boshqacha ta’riflash qiyin.
Foto: AdMe
Ulkan makon va stimpankning yana bir namunasi — Lissabondagi metro
Foto: AdMe
Tabiiy tarix muzeyi Stokgolmdagi “Universitet” metro bekatida joylashgan. Ta’lim berish metrodayoq boshlanganga o‘xshaydi
Foto: AdMe
Stokgolm metrosi toshdan o‘yilgan va bu stansiyaning dizayni esa tosh dengiz bir soniya to‘lqinlanib, muzlab qolganga o‘xshaydi.
Foto: AdMe
Budapeshtdagi metro bekati. Filmlarda kosmik tunnel va portallar xuddi shunday tasvirlanadi.
Foto: AdMe
Myunxendagi metro bekati — ixcham, ammo juda rang-barang
Foto: AdMe
Monrealdagi metro ham futuristik ko‘rinishdagi tuzilmalar taassurot qoldirishi mumkin
Foto: AdMe
Mavzuga doir:
- Jilokor koshin-u, maxsus sarrovlar, cherkovga aylantirilgan salomxona, buzib tashlangan haram. “Shamollar shahri”ning yuragi — Xudoyorxon o‘rdasiga sayohat
- Xayolotning cheksizligi: Zerikarli narsalardan san’at asari yaratayotgan nyu-yorklik rassom
- Fotoreportaj: Ramazon shukuhi bilan yashayotgan Turkiya
Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi
Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish
AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp
AQShda 17 yoshli yigit Trampga suiqasd uyushtirish uchun ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ota-onasini oʻldirdi
Maʼlum boʻlishicha, Federal qidiruv byurosi oshkor qilgan hujjatga koʻra, 17 yoshli Nikita Kasap joriy yilning 11-fevral kuni otasi 51 yoshli Donald Mayer hamda onasi 35 yoshli Tatyana Kasapni oʻldirib, jasadlarni xonadondagi kiyimlar orasiga yashirib, 10 kundan ortiq vaqt davomida saqlab kelgan.Biroz vaqtdan soʻng, Nikita Kasab otasining shaxsiy avtomobilida harakatlanib ketayotganda yoʻl qoidasiga rioya qilmagani uchun shahar politsiyasi tomonidan toʻxtatilgan. Yigitning shubhali haraka
AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda
AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona