Namangandagi xalqaro gullar festivaliga 1,5 mln mehmon kelishi kutilmoqda. Festival ikki hafta davom etadi (foto va video)

Namanganda oltmish birinchi bor o‘tkaziladigan xalqaro gullar festivaliga 1,5 milliondan ortiq mehmon kelishi kutilmoqda. Bu haqda Namangan viloyati hokimining turizm va madaniy meros masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Nuriddinov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.
Nuriddinovning aytishicha, festival ilk bor ikki hafta — joriy yil 22-maydan 5-iyunga qadar davom etadi. Oldinlari bu muddat ikki-uch kun, o‘tgan yili esa bir haftadan iborat bo‘lgandi.
“2021-yili festivalga 20 davlatdan mehmonlar kelgandi. Bu yil 30 dan ortiq mamlakatdan mehmonlar kutyapmiz. Diplomatik korpus vakillari, Namangan bilan birodarlashgan viloyat va shaharlar mutasaddilari, qo‘shma korxonalarimizning chet ellik rahbarlariga taklifnomalar yuborilgan. Bayramda ishtirok etadigan gulchilar geografiyasi ham kengaydi: o‘tgan yili eronlik gulchilar ko‘rgazmasi bilan qatnashgan bo‘lsa, bu yil Polsha, Janubiy Koreya, Hindiston, Italiya va Germaniya gulchilari ishtirok etadi”, — deydi Botir Nuriddinov.
Namangan viloyati hokimining turizm va madaniy meros masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Nuriddinov.
Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov
Festival bo‘lib o‘tadigan Namangan shahridagi Bobur nomli bog‘da 10 million, shahar ko‘chalarida 10 million, jami 20 million gul va ko‘chatlar ekilmoqda.
Shuningdek, shahar ko‘chalari turfa xil installyatsiyalar bilan ham bezatilmoqda.
“Daryo” muxbirining “Kelayotgan mehmonlar oqimi ko‘paygani yaxshi, biroq ularni joylashtirish masalasi nima bo‘ladi?” degan savoliga javoban viloyat hokimining o‘rinbosari quyidagilarni bildirdi:
“Hozirgi kunda Namangandagi 25 ta mehmonxona 2,5 mingdan ortiq mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega. Yana 5 ta mehmonxonani tadbir arafasida ochish taraddudidamiz. Namangan shahri va shaharga tutash tumanlarda joylashgan oilaviy mehmon uylariga ham alohida e’tibor qaratiladi”.
Mehmonlarga xizmat ko‘rsatish uchun jami 60 kishidan iborat volontyorlar guruhi shakllantirilmoqda. Xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan yoshlar shaharning mo‘jaz xaritalari va bukletlar bilan ta’minlanadi.
Festivalning madaniy dasturi ham boy va qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Bobur nomli bog‘, “Afsonalar vodiysi” parki va Alisher Navoiy nomli viloyat musiqali drama teatri oldida o‘rnatiladigan sahnalarda shoir va yozuvchilar, sirk ustalari, o‘zbek estradasi yulduzlari va folklor ansambllari chiqishlari namoyish etiladi.
Festival yakunida tadbirda munosib ishtirok etgan gulchilar va korxona-tashkilotlar 12 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlanadi. Oliy o‘rinlarni egallaganlarga avtomobillar topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga doir: Gullar bayrami — Tashkent Flower Fest’dan fotoreportaj
Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin
AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem
2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT
BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti
Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi
AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi
AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu