calendar 28 Apr 13:20
eye 71
comments 0
comments Manba: xs

Asr osha yangraydi bir kuy...

image

Foto: Illustrativ foto

“Andijon polkasi” kuyini tinglamagan, shoʻx, oʻynoqi ohangga raqs tushmagan hamyurtimiz topilmasa kerak. Oʻzbek xalqi madaniyati ifodasi sifatida koʻplab davlatlarda yangragan bu kuy yaralganiga, mana, 100-yil toʻlibdi. U oʻzbek xalq cholgʻu kuyi boʻlib, 1922-yilda andijonlik bastakor Orif garmon Toshmatov tomonidan bastalangan. Oʻsha davrlar keng tus olgan ommaviy raqs maydonlarida bu tarona takror va takror yangraydigan boʻldi. “Andijon polkasi” shu qadar mashhur boʻlib ketdiki, hatto 1957-yilga kelib shu nomdagi raqs ansambli ham tashkil topdi.

Kuy va raqsning yaratilishi

Andijon shahri markazida Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻiga 1920-yillarda asos solingan boʻlib, oʻsha paytlarda ham bu manzil odamlar bilan gavjum boʻlgan. Har oqshom sayllar tashkil etilgan, kuy-qoʻshiqlar dam oluvchilarni raqsga chorlagan. «Qiziq, — oʻylab qoladi bir kuni bastakor Orifjon Toshmatov. — Nima uchun hamma xalqning raqsbop kuyi boru, bizda yoʻq?» Ana shu savol uni “Andijon polkasi”ni bastalashga undaydi. Shu tariqa 1922-yilda umrboqiy kuy yaratiladi. Tez orada ushbu kuyga raqs sahnalashtirilib, aynan mana shu bogʻdagi sahnada ommaga havola etiladi.

Nega Orif garmon?

Oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi. “Andijon polkasi” kuyini bastalagan Orif Toshmatovni nima uchun “Orif garmon” deyishgan?

Bu savolga javob topish uchun Andijon shahridagi “Gumbaz” mahalla fuqarolar yigʻinining fayzli xonadonlaridan birida boʻlib, bastakorning kenja singlisi Shahodatxon aya Xudoyorova huzurida boʻldik.

Bu yil 85 yoshni qarshi olgan Shahodatxon ayaning xotirlashicha, Orifjon Toshmatov 1891-yilda tugʻilgan va oʻz davrining mohir sozandasi, aktyori va bastakori boʻlgan. 1941-yilda Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan. Dutor chalishni otasi Toshmat hofizdan, garmon chalishni esa amakisi Hoji garmondan oʻrgangan. Xorazm xalq cholgʻu asbobi boʻlmish garmonni Fargʻona vodiysida keng targʻib qilgan musiqachilardan biri boʻlib, asosan garmonda ijod qilgan. Mana shu cholgʻu asbobi orqali «Abdurahmonbegi», “Munojot”, “Orom”, «Andijon polkasi», “Tanovar”, “Dilxiroj” va boshqa oʻzbek kuylarini, «Nasrulloyi», “Bayot”, “Buzruk”, “Navo” singari maqom yoʻllarini nafislik bilan ijro etgan.

Kavkazda “Andijon polkasi” nomli restoran qanday paydo boʻlgandi?

Orif garmon Toshmatovning nabirasi Saidaxon Xudoyorovaning hikoya qilishicha, 1930-yilda andijonlik bir yigit Kavkazda safarda boʻladi. Mavridi kelganda “Andijon polkasi” haqida gapirib, davradagilarni qiziqtirib qoʻyadi. Shunda mezbonlar undan shu kuyni xirgoyi qilib berishlarini soʻraydi. Kayfiyat baxsh etuvchi ohangga mahliyo boʻlib qolgan safdagilar shu zahoti qoʻllariga soz olib, joʻr boʻladilar. Qarabsizki, “Andijon polkasi” oʻzga musiqa cholgʻu asboblari orqali yangicha talqinda yangraydi. Kuy juda tez fursatda oʻsha manzillarda ham ommalashib ketadi. Davralarda uning ijrosidagi kuyga raqs tushish odat tusiga kira boshlaydi. Kavkazda “Andijon polkasi” ilk bor yangragan restoranning ham nomi “Andijon polkasi”ga oʻzgartirilgan.

Avlodlarga bebaho meros

Umrboqiy asarlar asrlar davomida mangu yashaydi. “Andijon polkasi” ham uzoq yillar davomida ana shu umrboqiylik maqomini oʻzida mujassam etib kelmoqda. Biror kun, tadbir, tantana yoʻqki, u yangramagan boʻlsa...

“Andijon polkasi”, ayniqsa, andijonliklar uchun oʻzgacha faxr tuygʻusini baxsh etadi. Har yili viloyat hokimligi tashabbusi bilan ushbu kuyga ijro etilgan raqs tadbirlari tashkillashtiriladi. Boshiga doʻppi, egniga oppoq yaktak kiyib, beliga belbogʻ bogʻlagancha xirom aylagan yoshlarni koʻrganimizda xalqimizning ul madaniy merosi avlodlar osha bardavom boʻlishiga ishonchimiz ortadi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
11
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyaga boradi

19-22-may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi.O'zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalala

13 May 14:37
 
12
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi parlamentlararo komissiyasining beshinchi majlisi Samarqandda boʻlib oʻtdi

2025-yil 12-may kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda ikki mamlakat oʻrtasidagi bugungi munosabatlar holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda, xususan, parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish masalasi asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi.Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni k

13 May 14:37
 
15
0
xs.uz

Sifatli taʼlim qaygʻusi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrtinchi yiliga ham tobora yaqinlashmoqdamiz. Bu vaqt tarix uchun qisqa bir davrni tashkil etsa-da, maʼlum bir xulosalar, saboqlar chiqarishga yetarli deb oʻylayman.Toʻgʻrisi, biz mustaqillikning dastlabki oʻn yilini tirikchilik gʻamida oʻtkazdik. Yetishmovchilik, xavf-xatar, inqirozga uchragan iqtisodiyot, butunlay tanazzulga yuz tutgan aloqalar iskanjasida qolgandik. Gʻalla mustaqilligi biz uchun hayot-mamot masalasiga aylang

18 Apr 11:07
 
44
0
xs.uz

Qashqadaryo viloyatida “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Qayd etilishicha, Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.O. (muqaddam sudlangan) fuqaro E.A.ga 4 000 AQSh dollarini 52 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 4,1 ming AQSh dollari va 32,8 ming Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.Shuningdek, Departamentning Kitob tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimma