calendar 08 Apr 14:21
eye 60
comments 0
comments Manba: xs

“Shoʻrobod”ning peshonasi shoʻr shifo maskani

image

Foto: Халқ сўзи

Gap Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi “Shoʻrobod” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan ajabtovur shifo maskani haqida.

51-oilaviy poliklinikaning filiali sifatida faoliyat koʻrsatayotgan ushbu goʻshaga kirgan kishi oʻzini oʻtgan asrning 60 yillariga qaytgandek his etadi.

— Oilaviy poliklinika masalasi hududimiz uchun eng ogʻriqli masala, — deydi mahalla fuqarolar yigʻini raisi Shavkat Hakimov. — Koʻrib turganingizdek, poliklinika bundan chamasi 60 – 62 yil muqaddam qurilgan, ayni damga kelib oʻta taʼmirtalab ahvolga kelgan moslashtirilgan binoda joylashgan. Bu yerda bemorlar tugul shifokorlar uchun ham tuzukroq shart–sharoit yoʻq.

Darhaqiqat, bu yerni shifo maskani degani ham til bormaydi. Muolaja xonasi deb yozilgan xonaga kirib yoqa ushlaysan kishi. Hamshira Sanobar Ochilovaning bildirishicha, bemorlar, xususan, yosh bolali ayollar oddiy bir ukol olish uchun ham 5-6 kilometr yoʻl bosib “Solur” mahallasida joylashgan oilaviy poliklinikaga borishga majbur boʻlishyapti. Qishda bir xonada choʻyan pech oʻrnatib, oʻtin, koʻmir yoqib xonani isitishadi. Hamma shu xonaga kirib sovuqdan jon saqlaydi.

— Bir paytlar mahallamizda qishloq vrachlik punkti faoliyat koʻrsatardi, — deydi mahalla raisi. — Adashmasam, 2005-yilda faoliyati toʻxtatildi. Binosi buzildi. Biz shu joyni tishimizning kovagida asragandek asrab turibmiz .Koshkiydi, soha mutasaddilarining yuraklari “jiz” etsayu, shu yerda zamonaviy bir shifo maskani qurish tashabbusi bilan chiqishsa... Axir mahallamizda oz emas-koʻp emas, uch ming nafardan ziyod aholi yashaydi.

— Shu masalada yuqori tashkilotlarga bir necha bor murojaat qildik, — deydi yigʻin raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nilufar Jumayeva. — Ammo hozirgacha joʻyali bir javob olganimiz yoʻq.

Suhbatdoshlarimizning taʼkidlashlaricha, hududda zamonaviy bir shifo maskani qurilishi qoʻshni mahallalarning Janapar, Qizilrabot qishloqlari aholisiga ham qulaylik tugʻdirgan boʻlur edi.

Aholiga sifatli, zamon talablariga mos tibbiy xizmat koʻrsatish mamlakatimizda eng ustuvor masalalar sirasida ekan, mutasaddilar shoʻrobodliklarning murojaatiga qachongacha panja orasidan qarashadi, hayronmiz.

Biz shu savolga Qorakoʻl tuman hokimligi, Buxoro viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasidan javob kutamiz.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:07
 
22
0
xs.uz

Xorazmda savdo doʻkoni yonib ketdi

Qayd etilishicha, bugun, 17-aprel kuni soat 16:04 da viloyat FVBga Hazorasp tumani, 'Temirchi Maskan' MFYda joylashgan 3 qavatli savdo doʻkonida yongʻin roʻy berayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 16:11 da voqea joyiga yetib borib, soat 16:39 da yongʻinni olgan va 17:10 da oʻchirishga muvaffaq boʻlgan.Aniqlanishicha, hodisa oqibatida savdo doʻkonning 280 kv.m maydonda tomi, shifti va ichki qismi hamda jihozlari yonib zararlangan. Tezk

20 Mar 12:53
 
59
0
xs.uz

Sahro javohiri

1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t

24 Mar 13:25
 
40
0
xs.uz

Maktab muammosiga homiylik yoʻli bilan yechim topildi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro tumanidagi sport zaliga ega boʻlmagan umumtaʼlim maktablari soni bittaga qisqardi. Navroʻz ayyomi kunlarida Arabxona mahallasida joylashgan 19-sonli maktabda zamonaviy sport inshooti qurilib foydalanishga topshirildi.Sportning basketbol, voleybol, kurash kabi ommabop turlari bilan qishin-yozin shugʻullanish imkonini beradigan mazkur maskan tumandagi 'AKSA Enerji Bukhara' xorijiy korxonasi tomonidan barpo etildi. Shu tariqa maktab jamoasining koʻp yillik

20 Mar 12:53
 
64
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal