Rossiyaning “Dobrotsen” kompaniyasi O‘zbekistondagi do‘konlarini yopmoqda. Bu haqda “Daryo”ga do‘kon xodimlari ma’lum qildi.
Foto: t.me/dobrotsen
Hozir tovarlar likvidatsiya qilinmoqda, — deb tushuntirishdi ular.
Yopilish sababi sifatida “Rossiyadagi noqulay sharoitlar” ko‘rsatilgan. Do‘konlar qayta ochilishi mumkin, ammo qachonligi noma’lum.
“Dobrotsen” — diskont formatidagi xalqaro do‘konlar tarmog‘i. Bu eng ommabop oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik uy-ro‘zg‘or buyumlarni arzon narxlarda taklif qilish formatidir.
Kompaniyaning O‘zbekistondagi birinchi do‘konlari 2021-yil oxirida ochilgan edi. 2022 yilning martiga qadar ular Toshkent, Qarshi, Buxoro va Marg‘ilonda bo‘lgan.
Avvalroq O‘zbekistondagi “Magnit kosmetik”ning birinchi do‘konlari qachon ochilishi ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ 850 million AQSH dollarlik xalqaro obligatsiyalarni chiqardi
2025-yil 30-aprel kuni 'Oʻzbekneftgaz' aksiyadorlik jamiyati xalqaro kapital qarz bozoriga muvaffaqiyatli tarzda qaytib, 5-yil muddatli, 144A/RegS formatidagi katta nominalli xalqaro obligatsiyalarni chiqardi.Obligatsiyalar chiqarilishi xalqaro miqyosda yuqori qiziqish bilan qarshi olindi. Jumladan, Buyuk Britaniya, AQSH, Yevropa, Shveysariya va Osiyo mamlakatlaridagi fond boshqaruvchilari, banklar, xususiy banklar, pensiya jamgʻarmalari va sugʻurta kompaniyalari singari yirik institutsional
Xivada oʻtkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali davom etmoqda (+fotoreportaj)
Kecha, 26-aprel kuni Xivaning qadimiy Ichan qalʼasida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgan edi. Bu sana anʼanaviy sanʼat va madaniyatni sevuvchilar uchun unutilmas kun boʻlgani shubhasiz. Festivalning ochilish kunida baxshilar oʻzining betakror dostonlari, kuy-qoʻshiqlari va xalq ogʻzaki ijodi namunalari bilan turkiy xalqlarning qadimiy ohangiga yangi ruh bagʻishladilar.Bugun, 27-aprel sanasida ushbu festivalning ikkinchi kuni ham ko
Mebel tannarxini pasaytirish uchun xomashyo boji kamaytiriladi
Oʻzbekistonda mebel tannarxini pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, boʻyoq, kley, DSP kabi xomashyoga boj kamaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha boʻyicha oʻtkazayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.Yigʻilishda qayd etilishicha, oʻtgan yilning oʻzida mebelsozlik yoʻnalishida 920 ta yangi korxona ish boshladi. Sohada 6 trillion 700 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.Buni karrasiga oshirish uchun qator masalal
Xitoy Oʻzbekistonga 3 oyda 680 mingga yaqin telefon sotdi
Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar'mart oylarida xorijdan 885,8 ming dona mobil telefon import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.Keltirilgan telefonlarning umumiy qiymati 89,6 million AQSH dollarini tashkil etgan.Shu turdagi eng koʻp qurilma Xitoydan keltirilgan boʻlib, ularning umumiy soni 679,2 ming dona boʻlgan. Yirik import qiluvchilar orasida 2-oʻrinda 175,8 ming dona telefon bilan Vyetnam turibdi. 3-oʻrinni esa 15,5 mingta telefon bilan Birlashgan Arab Amirlik