Muvaffaqiyatga erishish uchun qisqa muddatda katta vazn yo‘qotgan mashhurlar (foto)

Ko‘pgina yulduzlar roli uchun hamma narsani qilishga tayyor, ba’zilari esa bir necha hafta ichida 20 kilogrammgacha vazn yo‘qotadi. Bugungi qahramonlar ham muvaffaqiyatga erishish uchun keskin vazn tashlagan. Ammo bu och qolishga, hattoki ayanchli kasallik orttirishga arziydimi?
Kris Pratt
Foto: Pinterest
Superqahramon Kris Prattning o‘zgarishi “Galaktika qo‘riqchilari” ning barcha muxlislariga ma’lum. Uzoq vaqt davomida hech kim komik aktyorni ortiqcha vazni tufayli jiddiy qabul qilmadi: unga faqat ahmoq va semiz odam kabi yordamchi rollar berildi. Biroq 2013-yilda Marvel aktyor bilan qiziqib qolgan va unga shartnoma taklif qilgan. Kris muvaffaqiyat uchun diyeta va mashg‘ulotlarga jiddiy yondashdi. Olti oylik bodibilding va kardio mashg‘ulotlari uni juda chiroyli qomatga ega odamga aylantirdi. Jamoatchilik e’tiborining aql bovar qilmaydigan darajada ortishi va orzu qilingan rol munosib mukofot edi. 2017-yilda Gollivud aktyori hatto Shon-shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ham ega bo‘ldi.
Jared Leto
Foto: “Domashniy ochag”
Jared Leto ijodiy faoliyatida bir necha bor vazn yo‘qotgan va semirgan. Aktyor birinchi marta “Orzudagi Rekviyem” filmiga tayyorgarlik ko‘rayotganda parhezga o‘tdi. Unga “27-bob” filmida Jon Lennonning qotili rolini taklif qilishgan, buning uchun u 30 kilogrammgacha vazn olishi kerak edi. O‘z vazniga qaytish uchun yulduz suv, limon sharbati, sirop va suyuq diyetaga o‘tishi kerak edi.
Lekin “Dallas sotuvchilar klubi” filmidagi roli uchun Jared ovqatdan butunlay voz kechdi va faqat suv ichdi, shuning uchun bir necha hafta ichida yana 14 kilogrammni yo‘qotdi. Afsuski, bunday o‘zgarishlar aktyorning sog‘lig‘iga ta’sir qildi va u podagra kasalligini orttirib oldi.
Adel
Foto: “Domashniy ochag”
Ko‘plab musiqa va kino mukofotlari sovrindori Adel do‘mboqqina ko‘rinishi bilan tanilgan. Biroq bir vaqtning o‘zida qo‘shiqchi ozishga qaror qildi va 2017 yilda “Gremmi” mukofotida uni yangi qiyofada ko‘rishdi. Adelning aytishicha, u ko‘proq pilates bilan shug‘ullangan va shirinliklardan voz kechgan. “Men choy ichishni to‘xtatdim va bu yordam berdi. Kulmang. Tasavvur qiling. Men kuniga o‘n piyola choy ichishim mumkin edi. Har bir stakanda ikki kub shakar. Bu kuniga 20 ta kub shakar degani! Qo‘shimchasiga qaymoq ham ... ” — deydi qo‘shiqchi.
Ed Shiran
Foto: “Domashniy ochag”
Ed Shiran o‘zidagi ortiqcha 20 kilodan xalos bo‘ldi. Pop musiqachisi yaqinda “Taxtlar o‘yini”da kichik rol o‘ynadi. Serial muxlislari yulduzning noma’lum askar Lanister rolida paydo bo‘lishiga norozilik bildirdi, shundan so‘ng u Instagram’ini o‘chirib tashladi va hayotni noldan boshladi. U yugurish bilan shug‘ullandi. Ochiq havoda mashg‘ulotlar ajoyib natija berdi: intiluvchan aktyor va qo‘shiqchi vazn yo‘qotishga erishdi.
Natali Portman va Mila Kunis
Foto: “Domashniy ochag”
Natali Portman va Mila Kunis “Qora oqqush” filmidagi balerina rollari uchun deyarli ortiqcha vaznsiz bo‘lishlari kerak edi. Har kuni 8 soat davomida mashaqqatli mashg‘ulotlar va qattiq parhez qizlarni deyarli anoreksiyaga olib kelgan. Natali 10 kilogramm, Mila esa 20 kilogrammni yo‘qotdi. Biroq barcha mehnat behuda ketmadi va film munosib baholandi. Hozirda ular avvalgi vazniga qaytishdi va endi parhezda emas.
Foto: “Domashniy ochag”
Enn Xeteuey
Foto: “Domashniy ochag”
“Xo‘rlangan” musiqiy filmidagi roli uchun Enn Xeteuey suratga olish boshlanishidan 20 kun oldin uzun sochlaridan ayrilishi va 10 kilogramm vazn yo‘qotishi kerak edi! Albatta, bu diyetologlarning yordamisiz bo‘lmasdi, lekin charchagan organizm bunday o‘zgarishlarga dosh bera olmadi va aktrisa suratga olish maydonchasida bir necha marta hushidan ketdi. U kuniga atigi ikkita olma va oqsilli kokteyl iste’mol qilardi.
Mavzuga doir:
- Muxlislariga shaxsiy hayotini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashgan mashhurlar (foto)
- Zararli odatlarga ruju qo‘ygani tufayli erta vafot etgan jahon yulduzlari (foto)
- Karyerasi boshidagi rad javoblarga qaramay, muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur insonlar (foto)
- Meril Strip, Emma Stoun va mashhur filmlar uchun kastingdan o‘ta olmagan boshqa Gollivud yulduzlari (foto)
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri
Teatr san’ati rivoji yo‘lidagi muhim qadam
Festival doirasida teatr jamoasi 'Bremen musiqachilari' spektaklini namoyish qilib, xalqaro tomoshabinlar e'tiborini qozondi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.Mazkur ishtirok'O'zbekiston teatr san'ati rivoji yo'lida muhim qadam bo'lib, mahalliy ijodkorlarning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatini namoyon etadi.
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”
15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz