calendar 24 Jan 07:11
eye 40
comments 0
comments Manba: daryo

La Liga. “Barselona” so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga autsayder ustidan g‘alaba qozondi

image

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 22-turidan o‘rin olgan “Alaves” va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 23-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvdagi yagona gol 87-daqiqaga kelib urildi. Frenki de Yong o‘zining aniq zarbasi bilan katalonlarga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa Xavi jamoasi ketma-ket uch o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga yakun yasadi

“Barselona” ochkolari sonini 35 taga yetkazdi va beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Alaves” 17 ochko bilan o‘n to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.

“Ko‘k-anorranglilar” keyingi turda 6-fevral kuni “Atletiko”ni qabul qilsa, “Alaves” “Elche” maydoniga safar qiladi.

La Liga

22-tur bahsi

23-yanvar, yakshanba

“Alaves” — “Barselona” 0:1

Gol: 0:1 – 87 Frenki de Yong.

“Alaves”: Pacheko, Agirregabiria, Laguardia, Lejen, Xavi Lopes, Pina (Moyya, 88), Pere Pons (de la Fuente, 72), Jeyson, Eskalante, Xoselu, Rioxa (Mendez, 90).

“Barselona”: ter Shtegen, Dest, Pike, Arauxo, Alba, Buskets, Frenki de Yong, Pedri (Langle, 90), Ezzalzuli (Niko Gonsales, 71), Lyuk de Yong (Jujla, 84), Ferran Torres.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
39
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

20 Mar 12:50
 
50
0
postda.uz

CHEMPIONATDA VAKILLARIMIZ MUNOSIB O‘RIN OLISHDI

Buxoroda o‘tkazilgan sportning sambo va jangovar sambo turlari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham munosib ishtirok etishdi. 21 ta vazn toifasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan tashrif buyurgan 365 nafar sportchilar orasida Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimlari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, sportning sambo turida 88 kg vazn toifasida serjant Xudoyor Ibroimo

20 Mar 12:50
 
52
0
postda.uz

ARQONDA SAKRASH HAM OZDIRADI

Arqonda sakrash salomatligimiz uchun qanchalar foydali ekanini bilasizmi? Oddiy shu mashq yordamida ozish mumkinligini-chi?Ushbu jismoniy faollik har qan­day kardiomashg‘ulotlarga qaraganda ko‘proq kaloriya yo‘qotishga yordam beradi. Shuningdek, yog‘ni eritadi, mushaklarni kuchaytiradi, chidamlilikni oshiradi. To‘g‘ri texnika bilan mashq bajarilsa, sezilarli darajada vazn yo‘qotishning imkoni bor.Xo‘sh, vazn yo‘qotish uchun arqon bilan qanday va qancha sakrash kerak? Avvalo, u

12 Apr 21:16
 
25
0
xs.uz

Osiyo chempionatida kurashadigan dzyudochilarimiz tarkibi aniq bo‘ldi

Qit'amizning 30 ga yaqin mamlakatidan tashrif buyuradigan sportchilari orasida O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham medallar uchun kurash olib borishadi.Dasturga ko'ra, 25 ' 27-aprel kunlari yakkalik, 28-aprel sanasida esa aralash jamoaviy yo'nalishda g'oliblar aniqlanadi. Terma jamoamizning tarkibi esa quyidagicha:Erkaklar: -60 kg: Bahrom Boturov -66 kg: Zamaxshari Bekmurodov -73 kg: Shahram Ahadov -73 kg: Mardon Ravshanov -81 kg: Arslonbek Tojiyev -90 kg: Shahzodxo'ja Sharipov -90 kg: Nurbe