calendar 21 Jan 20:10
eye 62
comments 0
comments Manba: daryo

Buxoroda pora evaziga 50 gektar yer olib berishni va’da qilgan hokimlik bosh mutaxassisi ushlandi

image

Buxoro viloyati Kogon tumanida fuqaroga 50 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilgan muhandis va bosh mutaxassis ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Davlat kadastrlari palatasining Kogon tumani filiali muhandisi F.X. va tuman hokimligi bosh mutaxassisi S.R. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, zaxiradagi yer maydonidan 50 gektarini olib berishni va’da qilgani aniqlangan.

Ular fuqarodan 600 dollar va 1,5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:39
 
153
0
xs.uz

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket toʻrtinchi kun pasaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 11-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 37,68 soʻmga tushdi va 12 674,37 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 54,46 soʻmga pasaydi va 14 470,33 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,13 soʻmga oshib, 161,23 soʻmni tashkil etdi.

13 May 14:39
 
165
0
xs.uz

Oʻzbek milliy taomlari xalqaro tanlovda birinchi oʻrinni egalladi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida 'British Street Food Awards' xalqaro gastronomik tanlovi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlovda Oʻzbekiston milliy taomlari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi, deb xabar bermoqda 'Dunyo' axborot agentligi.Taʼkidlanishicha, 'British Street Food Awards' tanlovida Londonda faoliyat yuritayotgan 'Oshpaz' oʻzbek milliy taomlari brendi jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilgan.Mazkur tanlovda dunyo boʻylab 2 mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashgan. Ahamiyatlisi shundaki,

31 May 08:50
 
43
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.

13 May 14:38
 
54
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi yana koʻtarila boshladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'15,20 soʻmga'oshib,'12 895,55 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'196,91 soʻmga'pastlab,'14 338,56 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,70 soʻmga'koʻtarildi va'159,38 soʻmni'tashkil qildi.