calendar 22 Dec 19:10
eye 52
comments 0
comments Manba: daryo

Hokimlikni xayol qilmagan Ortiqxo‘jayev, afsonaviy “Setora”ning sahnaga chiqishi, yilning eng yaxshi hokimlari — “Toshkent yoshlar forumi — 2021”ning yopilish marosimidan fotoreportaj

image

Toshkent shahrida 2021-yil 20–21-dekabr kunlari “Toshkent yoshlar forumi — 2021” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirlar davomida yoshlar mamlakatning taniqli blogerlari bilan suhbatlar, vazirlar bilan muloqotlar, shuningdek, IIBB va Milliy gvardiya xodimlari bilan ochiq muloqot, gender tenglik bilan bog‘liq masalalar muhokamasi o‘tkazildi.

Seshanba, 21-dekabr kuni “Toshkent yoshlar forumi — 2021”ning tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Ushbu tadbirning eng asosiy voqealari “Daryo” fotoreportajida.

Tantanali yopilish marosimida poytaxt hokimligi tomonidan 2022-yilda yoshlar siyosatiga oid amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha taqdimot ko‘rsatildi. Bundan tashqari yosh harbiylar va yoshlar ishtirokida sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Keyin esa sahnaga prezidentning yoshlar, fan, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohitov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa‘dullayev hamda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev taklif etildi. Ular yoshlarni mazkur forumda ishtiroklari bilan tabriklashdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Keyin esa bir qator yo‘nalishlarda “yilning eng yaxshilari” taqdirlandi:

  • “Yilning eng yaxshi yosh ixtirochisi” — Abbos Nasimov;
  • “Yilning eng yaxshi yosh iqtisodchisi” — Abbosxon Jalolov;
  • “Yilning eng harakatchan yosh talabasi” — Dilnoza Miraxmedova;
  • “Yilning eng yaxshi yosh o‘qituvchisi” — Nazokat Hasanova bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Dastlabki taqdirlash marosimidan so‘ng sahnaga quruvchi kiyimidagi yoshlar chiqdi va raqs namoyish etdi. Marosim boshlovchisining so‘zlariga ko‘ra, “kelajakni yoshlar quradi”.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Shundan so‘ng navbatdagi taqdirlash marosimi bo‘ldi. Unda “Yil davomida samarali ishlagan yosh olim” – Jasurbek Habibullayev, “Yilning ilg‘or yosh IT-mutaxassisi” – Feruzbek G‘ulomov, “Yoshlar o‘rtasida yilning eng yaxshi dizaynerlik loyihasi muallifi” – Fazliddin Anvarov bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Bundan keyin esa shifokorlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining kiyimlarini kiyib olgan yoshlar sahna ko‘rinishi namoyish etdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Yana bir bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida “Yilning eng malakali yosh shifokori” – Nargiza Eshmetova, “Ekologiya bo‘yicha yilning yosh faoli” – Rasul Axunjanov, “Yilning eng yaxshi yosh blogeri” – Mirali G‘iyosov, “Yilning eng xalqparvar yosh deputati” – Iftihor Ziyoyev hamda “Yil davomida dolzarb mavzularni yoritgan yosh jurnalist” – Amirxon Umarov taqdirlandi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Shundan so‘ng yana bir sahna ko‘rinishi namoyish etildi va unda kulolchilik namunalari, qo‘l mehnati bilan tayyorlanadigan buyumlar taqdim etildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Sahnaga, shuningdek, Qozog‘istonning Nur-Sulton shahridan tashrif buyurgan mehmon Moldir Bakitjan qizi taklif qilindi va uning ijrosida qo‘shiq yangradi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Yana bir o‘tkazilgan taqdirlash marosimida yosh sportchilar taqdirlandi. Jumladan:

  • “Yilning eng yaxshi yosh kurashchisi” – Asliddin G‘afforov;
  • “Yilning eng ko‘p g‘alabaga erishgan yosh bokschisi” – Dilorom Najimova;
  • “Yilning eng mohir yosh gimnastikachisi” – Madinaxon Rixsiboyeva;
  • “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” – Abdurashid Abdullayev deb e’lon qilindi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Bundan keyin navbat afsonaviy “Setora” guruhiga yetib keldi. Ular ijrosida “Ajdodlar” qo‘shig‘i yangradi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

So‘nggi taqdirlash marosimida esa harbiy soha faollari hamda 2021-yilda Toshkentda yoshlar siyosatini amalga oshirishda qo‘shgan ulkan hissasi uchun rahbarlar ham taqdirlandi. Ular:

  • “Yilning eng matonatli yosh ichki ishlar xodimi” – Dilmurod Vaxobjonov;
  • “Yilning eng jasur yosh milliy gvardiya xodimi” – Orzumurod Norbo‘tayev;
  • “Yilning eng yaxshi yosh mudofaa armiyasi xizmatchisi” – Sardor Olimov;
  • “Yilning eng jasur yosh favqulodda vaziyatlar xodimi” – Shohruh Saurov;

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

  • “Yilning eng yaxshi hokimi” — Yakkasaroy tuman hokimi Anvar Sayfutdinov;
  • “Yilning eng yaxshi hokimi” – Mirobod tumani hokimi Shuhrat Po‘latov;
  • “Yilning eng yaxshi prokuratura xodimi” – Shuhrat Xolmatov;
  • “Yilning eng yaxshi ichki ishlar xodimi” – Yangihayot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i – Murod Raimov;
  • “Yilning eng yaxshi soliq inspeksiyasi xodimi” – Elyor G‘ulomov;
  • “Yilning eng yaxshi davlat xavfsizlik xizmati xodimi” – Jahongir Abduqayumov.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Shunday qilib “Toshkent yoshlar forumi – 2021” tadbirlari yakunlandi.

Og‘abek Samisov va Dilruh Isomiddinova tayyorladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
55
0
xs.uz

Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi

Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold

18 Apr 11:08
 
33
0
xs.uz

Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi

Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.

15 Apr 07:06
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorligʻini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Tadbir chogʻida Oʻzbekiston va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.'Bo

15 Apr 07:06
 
44
0
xs.uz

“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?

Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu