calendar 01 Dec 15:10
eye 36
comments 0
comments Manba: daryo

O‘zbekistonda 2020-yil qancha bolada OITS aniqlangani ma’lum qilindi

image

AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Respublika OITSga qarshi kurash markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Respublikada OITSga chalingan bolalar haqida ma’lumot berildi.

Foto: AOKA

Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori o‘rinbosari Gulifor Normurodovaning qayd etishicha, 10 yillik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kasallikka chalingan bolalar yildan yilga kamayib bormoqda.

“2020-yil davomida 150 nafarga yaqin bolada OITS kasalligi aniqlandi. Yil bo‘yicha deganda buni umumiy tushunish kerak, chunki bu kasallik bugun yuqib, ertaga aniqlanmaydi, balki 10-20 yil avval yuqqan bo‘lishi mumkin. Lekin aniqlangan vaqti 2020-yilga to‘g‘ri keladi”, – Gulifor Normurodova.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonovning ta’kidlashicha, 2020-yilda qayd etilgan kasallikni qariyb 10 foizini bolalar o‘rtasida kasallik tashkil etgan.

“Bolalar o‘rtasidagi kasallanish holatlari hududlar kesimida ham kattalardagi singari aholi gavjum bo‘lgan yoki aholining yashash tarzi boshqa markaziy shaharlarga nisbatan serqatnovligi va rivojlanib borishiga qarab ko‘proq qayd etiladi.

Xususan, Toshkent shahri, Andijon, Samarqand va Farg‘ona viloyatida boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq aniqlangan. Qaysiki viloyatda ko‘p kasallik qayd etilgan bo‘lsa, parallel ravishda xuddi shu viloyatda bolalar o‘rtasida ham ko‘proq kasallik qayd etilgan”, – deydi Botir Qurbonov.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

24 SOAT SЕRGAKLIK BILAN

«Qo‘rg‘ontepa tumani Ichki ishlar bo‘limi Navbatchilik qismi eshitadi». Bu navbatchilik qismlarida har kuni bir necha marta yangraydigan jumla. Mana shu ikki og‘iz so‘zning o‘zi ilinj bilan qo‘ng‘iroq qilayotgan fuqaroda katta umid uyg‘otadi. Uni eshituvchi, muammosini hal qiluvchi davlat idorasi borligidan ko‘ngli taskin topadi. Tuman IIB Navbatchilik qismida 6 nafar xodim faoliyat yuritadi. Shu kuni navbatchilikda bo‘lgan mayor G‘iyosiddin Norinboyev 10 yildan bu

15 Apr 07:06
 
37
0
xs.uz

Dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,77 soʻmga'tushdi va'12 969,56 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'10,96 soʻmga'pastlab,'14 768,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,58 soʻmga'oshdi va'157,09 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:54
 
47
0
xs.uz

Yangi tashkil etilgan Kichik biznes uyushmasiga rahbar tayinlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 19-mart kuni boʻlib oʻtgan kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani haqida'xabar bergan edik.Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga koʻra, mazkur yigʻilishda davlat rahbari Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish hamda unga Mirzaliyeva Kamolat Kukanbayevna rahbar etib tayinlanishi boʻyicha tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan tashabbusni'maʼqullagan.Maʼlumot uchun, Kam

04 Apr 16:20
 
58
0
xs.uz

Qirgʻiziston yoki Qozogʻiston: Oʻzbekistonga qaysi davlatdan koʻproq sayyohlar kelmoqda?

Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 1,3 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgani qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Ushbu koʻrsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 361,2 ming nafarga yoki 37,1 foizga oshgani bilan eʼtiborga loyiq.Turistlar soni boʻyicha birinchi oʻrinda Qirgʻiziston fuqarolari turibdi ' ularning soni 422 ming 591 nafarni tashkil etdi. Ikkinchi oʻrinda Tojikistondan kelgan sayyohlar (401 m