Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida 4 ta yo‘nalish bo‘yicha takliflar berdi

Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni Ashxobod shahrida o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 15-sammiti ishida ishtirok etib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qator aniq takliflarni ilgari surdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
“500 milliondan ortiq aholi yashaydigan, ulkan bozorga ega bo‘lgan mamlakatlarimizning savdo va investitsiya sohalaridagi katta imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarur. Qabul qilingan “IHT istiqbollari – 2025” konseptual dasturi asosida, mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini yanada kengaytirish va eng muhimi, amaliy natijadorlikka erishish maqsadga muvofiqdir”, — degan Shavkat Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, shu munosabat bilan tashkilot doirasida yangilangan va keng qamrovli Savdo bitimini ishlab chiqish va qabul qilish taklif qilindi. Mazkur hujjatda savdo to‘siqlarini bartaraf etish, bojxona tartiblarini raqamlashtirish, hamda hozirgi vaqtda dolzarbligi tobora oshayotgan elektron savdoni keng tadbiq etish masalalari o‘z ifodasini topishi zarur.
Mamlakatlarda o‘zaro sarmoyalar oqimini ko‘paytirish va ularni ishonchli himoya qilish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan Qo‘shma harakatlar dasturini qabul qilish bugungi kun talabi ekani ta’kidlandi.
O‘zaro savdo hajmlarini oshirish, mintaqaviy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish va mamlakatlarimiz iqtisodiyotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Buning real mexanizmi sifatida Shavkat Mirziyoyev BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YuNIDO) va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun (SPEKA) Maxsus dasturi bilan hamkorlikda tashkilot doirasida Savdo, investitsiyalar va innovatsiyalar markazini tashkil etish hamda uning qarorgohini Toshkent shahrida joylashtirishni taklif qildi.
Davlat rahbari mintaqalararo tranzit xablarini tashkil etish, zamonaviy transport va yo‘l infratuzilmalarini rivojlantirish, transport va tranzit tariflarini optimallashtirish hamda qo‘shimcha chegirmalarni taqdim etish, xalqaro yuk va yo‘lovchi tashish shartlarini yengillashtirish, transport sohasini raqamlashtirish masalalariga aniq yechimlar topish muhim ekanini ta’kidladi.
Bu rejalarni ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatlarning transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish va tranzit salohiyatini kengaytirishga qaratilgan mintaqaviy strategiyani ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Global iqlim kun tartibi tobora dolzarb bo‘lib borayotganini hisobga olib, sammit “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni davom ettirish masalalarini ko‘rib chiqdi. Yetakchilar bu borada faol hamkorlik qilish, jumladan, uglerod neytralligiga erishish uchun sanoat tarmoqlarida ekologik toza va resurstejamkor texnologiyalarni keng tatbiq etish zarur ekanini ta’kidladi.
Shu maqsadda Shavkat Mirziyoyev xalqaro ekolog olimlar va ekspertlar ishtirokida yuqori darajadagi doimiy Muloqot kengashini tuzishni taklif etdi.
Sayyohlik almashinuvini qayta tiklash muhimligini qayd etib, O‘zbekiston prezidenti Buxoro shahrida 2022-yili bo‘lib o‘tadigan turizm vazirlarining navbatdagi uchrashuvida pandemiyadan keyingi davrda Xavfsiz sayyohlikni rivojlantirish umummintaqaviy Dasturini qabul qilish tashabbusini bildirdi.
Ushbu tashabbus doirasida “ziyorat turizmi” va boshqa qo‘shma sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqish, aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish, turizm infratuzilmasini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratiladi.
Sammitda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining xalqaro nufuzi va obro‘sini oshirish, institutsional mexanizmlarini va yetakchi xalqaro tuzilmalar bilan hamkorligini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Bu borada O‘zbekiston prezidenti tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar tayyorlash uchun yuqori darajadagi Ekspertlar guruhini tuzish tashabbusini ilgari surdi.
Tashkilot doirasida muayyan sohani rivojlantirish bo‘yicha har yilga nom berish an’anasini joriy etish tashabbusi bildirildi. Prezident IHTda 2022-yilni O‘zaro uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash yili, deb e’lon qilishni taklif etdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, sammit yakunida Harakatlar uchun Ashxobod konsensusi imzolandi. Ushbu hujjat a’zo mamlakatlarning mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash borasidagi muhim ustuvor intilishlarini o‘zida mujassam etdi.
Bundan avval Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida so‘zlagan nutqida Afg‘onistondagi bugungi vaziyat haqida to‘xtalib o‘tgani, sammit doirasida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Pokiston prezidenti Orif Alviy, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.
Oʻzbekiston Buyuk Britaniya bilan JST boʻyicha muzokaralarni yakunladi
Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoni yuzasidan Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Oʻrunov'maʼlum qildi.Oʻrunovning qayd etishicha, kelishuv oʻtgan oy oxirida Londonda boʻlib oʻtgan uchrashuv natijasi boʻlib, ichki tasdiqlash tartib-qoidalaridan oʻtgan. Uni imzolash 12-iyun kuni Jenevada Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhning 10-yigʻilishi d
Dollarning rasmiy kursi ketma-ket toʻrtinchi kun pasaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 11-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 37,68 soʻmga tushdi va 12 674,37 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 54,46 soʻmga pasaydi va 14 470,33 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,13 soʻmga oshib, 161,23 soʻmni tashkil etdi.
Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.
Oʻzbekistonda turizmning mehnat bozoridagi oʻrni: yangi ish oʻrinlar va malakali kadrlar zarurati
Turizm ' iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri. Aksariyat mamlakatlar, xususan, iqtisodiy oʻtish davridagilar uchun turizmni rivojlantirish milliy daromadni diversifikatsiya qilish, xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash hamda ijtimoiy taraqqiyotni ragʻbatlantirishning muhim vositasiga aylanmoqda.Turizmning rivojlanishi xorijiy valyuta oqimi, aholi bandligini oshirish hamda kichik va oʻrta biznes sohasining kengayishi hisobiga yalpi ichki mahsulot oʻsishiga xizmat qil