calendar 28 Nov 11:10
eye 39
comments 0
comments Manba: daryo

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Pokiston va Tojikiston prezidentlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

image

Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish, shuningdek, qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish uchun 28-noyabr kuni Turkmanistonning Ashxobod shahriga kelgandi. Davlat rahbari dastlab Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazib, ikki tomonlama yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti Orif Alviy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbat davomida O‘zbekiston—Pokiston ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sheriklik aloqalari, eng avvalo iqtisodiyot yo‘nalishida jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar, shu jumladan, Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat muhokama qilindi.

Pokiston prezidentidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarlari O‘zbekiston—Tojikiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqqan. Keng ko‘lamli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ekani qayd etilgan.

Shuningdek, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa ustuvor sohalarda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Yetakchilar Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan ham fikr almashgan.

Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida yana bir qator davlat rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

IHTning 15-sammiti kun tartibidan savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, transport, logistika, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Ushbu tashkilotning 14-sammiti 4-mart kuni videoanjuman shaklida o‘tkazilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

12 Apr 21:15
 
28
0
xs.uz

Dollar kursi yana koʻtarila boshladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

SADOQATLI KO‘MAKCHILAR

Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN

        G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.