calendar 25 Nov 16:21
eye 33
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekistonda “Silk Avia” aviakompaniyasi tashkil etiladi

image

“Uzbekistan Airports” AJ Oʻzbekiston Transport vazirligi tashabbusi bilan “Silk Avia” mintaqaviy shuba aviakompaniyasini tashkil etmoqda. Yangi aviatashuvchi parvozlarni kelgusi yildan boshlashni rejalashtirmoqda.

«Silk Avia» aviakompaniyasi Dubay shahrida 14 — 18-noyabr kunlari boʻlib oʻtgan “Dubay Airports-2021” xalqaro aviasalon doirasida joriy yilning sentabr oyida roʻyxatdan oʻtgan. Unda “Uzbekistan Airports” hamda “HAS Aviation GT LLC” kompaniyasi mintaqaviy aviakompaniya tashkil etish Strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha shartnoma imzolagan.

Mintaqaviy aviakompaniyaning tashkil etilishi Oʻzbekistonda ishbilarmonlik faolligini ragʻbatlantirish va ichki turizmni rivojlantirish yoʻlidagi shart-sharoitlarni yaratish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlib, bu oʻz navbatida aholining aviatsiya harakatchanligi koeffitsiyentining ortishiga taʼsir qiladi.

«Biz bozorda oʻzbekistonliklar uchun arzon narxlarda ichki aviatashuvlarni taʼminlaydigan aviakompaniya tashkil etishni maqsad qilib qoʻydik. Yaqin vaqtgacha Oʻzbekiston shaharlarini bogʻlaydigan toʻgʻridan-toʻgʻri qatnovlarning yoʻqligi katta muammo edi. Samarqanddan Xorazmga borish uchun yoʻlovchilar Toshkent orqali uchishlari kerak edi. Bizning vazifamiz — ichki tashuvlarni nafaqat «point to hub» (poytaxtdan hududlarga), balki “point to point” (mintaqalar orasida) modeli asosida ham tashkil etishdir. 40 ga yaqin yoʻnalishlar va 70 kishiga qadar yoʻlovchi tashish quvvatiga ega mintaqaviy samolyotlarni sotib olish rejalashtirilgan. Tariflar temir yoʻl tariflariga muvofiqlashtiriladi. Bu ichki turizmni rivojlantirishga va isteʼmolchi uchun aviachiptalarning yakuniy qiymatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi», — deydi “Uzbekistan Airports” AJ Boshqaruvi raisi Raʼno Joʻrayeva.

Yangi aviakompaniya mintaqaviy aeroportlarni rivojlantirish uchun ham zarur. Shu bois, uni birinchi bosqichda “Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi yaratmoqda. Kelgusida aviakompaniya xususiy sektorga oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Taʼkidlash joizki, “Silk Avia” oʻzini “Uzbekistan Airways” milliy aviatashuvchisining raqibi sifatida namoyon qilmaydi, balki ichki tashuvlarni tashkil etish boʻyicha hamkor sifatida faoliyat yuritadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni muhokama qilindi

2025-yil 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Isroil Davlatining Knesseti Spikeri Amir Oxana bilan uchrashuv oʻtkazdi.Uchrashuvda Oʻzbekiston va Isroil oʻrtasidagi strategik sheriklikda parlamentlararo aloqalarning oʻrni va ahamiyati muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida samarali natijalarga erishish uchun parlamentlararo munosabatlarni yanada faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, doʻstlik guru

16 Apr 15:12
 
36
0
xs.uz

Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi

Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'qayd etildi.Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 mega

22 Mar 08:54
 
55
0
xs.uz

html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekistonhtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 'Yangi O'zbekiston' bog'ida Navro'z umumxalq bayrami shodiyonasi bo'lib o'tdi. Unda davlatimiz rahbari nutq so'zlab, xalqimizni ayyom bilan tabrikladi.Tadbirni yoritishda ishtirok etgan 'Xalq so'zi' muxbiri fotoreportaj tayyorladi.Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'

21 Apr 08:33
 
17
0
xs.uz

Toshkentda mast erkak pichoq bilan odamlarga tashlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak qoʻlida pichoq koʻtargancha fuqarolarga hujum qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIB rasmiy'munosabat bildirdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 18-aprel kuni taxminan soat 19:40 larda Shayxontohur tumani Sebzor koʻchasida joylashgan avtoturargohlardan birida oʻrnatilgan 'tashvish tugmasi' bosilganligi haqida Toshkent shahar IIBB Qoʻriqlash boshqarmasiga xabar kelib tushgan.Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari tom