Yakkabog‘ hokimining xizmat avtomobili YTHga uchradi. Captiva’ni xarid qilishdan oldin tuman deputati shu pulni muhtojlarga sarflashni taklif qilgandi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayevning xizmat avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi 2021-yilning 7-noyabr kuni kechki vaqtda sodir bo‘lgan.
“YTH tuman markazidagi ‘Al-Kamol’ savdo markazi ro‘parasida sodir bo‘lgan. Mashinada hokim bo‘lmagan. Haydovchi tez harakatlanib kelgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Mashina daraxtga ‘osilib qolgan’”, — deydi voqea guvohi.
“Daryo” muxbiri mazkur voqeaga aniqlik kiritish maqsadida tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Sherzod Hasanov bilan bog‘landi. “Mazkur voqeadan xabarim yo‘q. Tez orada surishtirib batafsil ma’lumot beraman”, — degan hokimning matbuot kotibi Sherzod Hasanov.
Eslatib o‘tamiz, avariyaga uchragan 311 million so‘mlik Captiva xarid qilinishidan avval ko‘plab mojarolarga sabab bo‘lgandi. Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqilgan mazkur xarid masalasi 25 nafar deputatning 24 nafari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsa, bir nafar deputat mazkur mashinaning sotib olinishiga qarshi chiqib, 311 million so‘m pulni muhtojlarga sarf qilish takflini bergandi.
Ma’lumot uchun, Yakkabog‘ hokimi xizmat avtomobilining YTHga uchrashi Qashqadaryodagi hokimlar xizmat avtomobilining avariyaga uchrashi bilan bog‘liq yagona holat emas. Koson tumani hokimi Asrol Boyqarayevning xizmat avtomobili ham 2020-yilning 12-dekabr kuni YTHga uchrab, 60 yoshli fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lgandi.
Dollar kursi tushishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,20'soʻmga'tushib,'12 915,00'soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'25,24'soʻmga'pastlab,'13'957,24'soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,97 soʻmga'oshdi va'153,55 soʻmni'tashkil qildi.
«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA
Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu
SINCHKOV NIGOH BILAN
Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash