calendar 12 Oct 14:10
eye 19
comments 0
comments Manba: daryo

Toshkent viloyatidagi mebel sexida yong‘in chiqdi (video)

image

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Zangiota tumani “Chig‘atoy Oqtepa” MFY Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar viloyat FVBga 12-oktabr kuni soat 15:08 da kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 15:16 da yetib borib, yong‘in soat 15:25 da qurshab olingan va soat 16:07 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida mebel ishlab chiqarish sexining, taxminan, 170 kvadrat metr maydondagi tomi, shifti hamda ichki jihozlari yonib zararlangan.

Xabarda aytilishicha, hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
5
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'7,44'soʻmga oshdi va'12 754,83'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'44,08'soʻmga koʻtarilib,'14'202,50'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,06'soʻmga pastlab,'137,21'soʻmni tashkil qildi.

25 Sep 13:14
 
4
0
xs.uz

Qurilish materiallari uyushmasi qoshida sinov laboratoriyasi tashkil qilinadi

Qurilish materiallari ishlab chiqarish ikki yilda 1,2 karra oshgan boʻlsa-da, koʻrilgan choralar hisobiga energiya sarfi 1,3 barobar, energiya sigʻimi 1,6 barobar kamaydi.Bugungi kunda ilgʻor xorijiy korxonalar ishlatib boʻlingan issiqlik energiyasidan qayta foydalanish orqali elektr ishlab chiqarish texnologiyasini faol qoʻllamoqda.Misol uchun, Navoiydagi 'Qizilqumsement' pechlarni, issiqlik almashish uskunalarini rekonstruksiya qilib, yiliga 37 million kilovatt soat elektr iqtisod qildi.

11 Aug 03:44
 
39
0
xs.uz

Oʻzbekistonda avgustdagi pensiya va nafaqa toʻlovlari boʻyicha maʼlumot berildi

2024-yil avgust oyida pensiya toʻlovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablagʻlar toʻliq moliyalashtirildi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi xabar berdi.Qayd etilishicha, toʻlov roʻyxatlariga kiritilgan 4 million nafardan ortiq pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablagʻlar tijorat banklariga oʻtkazilgan. Pensiya toʻlovlarini naqd pulsiz shaklda, yaʼni bank plastik kartalari orqali oluvchi 3,1 million nafar (yoki jami oluvchilarning 78 foizi) fuqarolarga pullar toʻliq oʻtkazilgan.Bir

03 Sep 21:35
 
12
0
xs.uz

Dollar kursi koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'15,03'soʻmga oshdi va'12 640,04'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'2,77'soʻmga oshib,'14 008,96'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,22'soʻmga koʻtarilb,'138,33'soʻmni tashkil qildi.