“Qashqadaryoning bir qator tumanlarida bog‘cha to‘lovi 2 barobarga kamaytiriladi” – Shavkat Mirziyoyev

Qashqadaryo viloyatining ikkita tumanida maktabgacha ta’lim klasteri tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekistonning amaldagi prezidenti, O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 11-oktabr kuni qashqadaryolik saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
“Viloyatda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 62 foizga yetkaziladi. Buning uchun 40 ta davlat va 38 ta xususiy, mingta oilaviy bog‘cha tashkil etiladi.
Koson va Shahrisabz pedagogika kollejlari bazasida maktabgacha ta’lim klasteri faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bunga Qarshi davlat universiteti va pedagogika instituti bosh-qosh bo‘ladi. Qashqadaryoning olis va tog‘li hududlardagi barcha farzandlarimiz maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinadi.
Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzorda bog‘cha to‘lovi miqdori 2 barobarga kamaytiriladi”, — dedi Prezident.
Qayd etilishicha, viloyatda maktabgacha ta’limni rivojlantirishga bir trillion so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi.
“Qashqadaryoda 101 ta maktab 3 smenada ishlaydi, 380 ta maktabda sport zal yo‘q, 809 ta maktab toza ichimlik suvi, 169 ta maktab zamonaviy isitish tizimi bilan ta’minlanmagan.
Kelgusi besh yilda 22 ta yangi maktab quriladi, 400 tasi to‘liq ta’mirlanadi. Natijada 140 mingta qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratiladi. Viloyatdagi 10 ming o‘rta maxsus ma’lumotli muallimlarga oliygohlarda o‘qish uchun kvota ajratiladi”, — dedi Mirziyoyev.
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
Dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.
SADOQATLI KO‘MAKCHILAR
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi
NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN
G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.