Qiziqchi Valijon Shamshiyev Yashnoboddagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktor etib tayinlandi

Qiziqchi va so‘z ustasi Valijon Shamshiyev Toshkent shahri Yashnobod tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi matbuot xizmati xabar berdi.
“Hammamizning maqsadimiz bitta — O‘zbekiston kelajagini yanada gullatib yashnatish va uning uchun farzandlarimizni tarbiyalash. Farzandlar tarbiyasida qo‘limdan kelgancha sizlar bilan birgalikda xizmat qilaman”, — deya o‘z xizmat vazifasiga kirishdi san’atkor.
Ta’kidlanishicha, tayinlov Xalq ta’limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun 2019-yilning oktabrida Prezident qaroriga muvofiq, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi “Barkamol avlod” respublika va hududiy bolalar markazlari negizida Respublika va hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil etilgan edi. “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab “STEAM — ta’lim” dasturi joriy etilishi belgilangan.
Avvalroq Samarqand shahar madaniyat bo‘limiga san’atshunoslik fanlari nomzodi, qiziqchi, “Handalak” guruhi a’zosi Ortiq Sultonov boshliq vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyat bo‘limiga xonanda Otabek Mamazoitov rahbar etib tayinlangandi.
Dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'5,44 soʻmga'oshib,'12 920,44 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'295,30 soʻmga'koʻtarilib,'14 252,54 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,03 soʻmga'tushdi va'153,52 soʻmni'tashkil qildi.
NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN
G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Sirdaryoda Vengriyaning “ZA-Invest Poultry” kompaniyasi bilan hamkorlikda 8 ta fabrika quriladi
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyatida Vengriyaning 'ZA-Invest Poultry' kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klasterning 130 gektar maydonida 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, kushxona va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va maʼmuriy binolar quriladi. Loyiha toʻliq amalga oshirilgach yiliga 16 million dona broyler tovuq yetkazib beriladi va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqariladi.Ushbu yirik loyihan
VAZIFALAR QANDAY BAJARILMOQDA?
Qarshi shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “qizil” toifadagi mahallalarda Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.Yig‘ilishda mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish, ko‘chalarga kuzatuv kameralari o‘rnatish va ularni p