O‘zbekistonda mehnatni me’yorlash konsepsiyasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda 30-sentabr kuni “Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tuzilmasi hamda institut to‘g‘risidagi nizom;
- Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom;
- Malakalarni baholash markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizom.
Mehnat institutining faoliyati Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Qarorga ko‘ra, 2021-yil 31-dekabrgacha zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan O‘zbekistonda mehnatni me’yorlash konsepsiyasi hamda kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini strategik boshqarish mexanizmini shakllantirishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
2021-yil 1-noyabrdan Mehnat instituti tomonidan, jumladan, quyidagilar shakllantiriladi va yuritiladi:
- malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni baholovchi tizim hamda kasbiy standartlarni va mustaqil baholashning ma’lumotlar bazasi;
- mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblar to‘g‘risidagi yagona ma’lumotlar bazasi.
Qarorga ko‘ra Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasidagi Davlat mehnat inspeksiyasi tizimida tajriba-sinov tariqasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni o‘rganish hamda hal qilishga ko‘maklashish markazi tashkil etildi.
«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA
Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu
SINCHKOV NIGOH BILAN
Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda