Qo‘qonda televizorni qaysi kanalga olish ustida yuz bergan janjal oqibatida 17 yoshli yigit akasiga 9 marta pichoq urdi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida akasiga 9 marta pichoq urgan 19 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi sudyasi Elyor Hakimov ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yil 13-yanvar kuni Qo‘qon shahar, Degrezlik ko‘chasida yashovchi Sh.A. kechki payt onasi bilan televizor ko‘rib o‘tirib, qaysi kanalga olish ustida tortishib qolgan. Shu payt yigitning akasi kelib, ukasiga shovqin ko‘tarmaslikni aytgan va o‘rtada janjal kelib chiqqan. Dastlab ularni ona va to‘ng‘ich aka ajratgan. Biroq uka jahl ustida oshxona pichog‘ini olib, hovlida turgan akasiga tan jarohati yetkazgan. Aka ko‘chaga qochib chiqqan, uka unga yetib olib, yana bir necha marotaba pichoq urgan. Tan jarohatlari oqibatida holdan toyib yiqilgan akasini tepkilayotgan vaqtida qo‘shnilar chiqib qolgan. Shundan so‘ng Sh.A. hodisa joyidan qochib, yashiringan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida akaning hayoti saqlab qolingan.
Sud tibbiy ekspertizasining 15-yanvardagi xulosasida jabrlanuvchi Sh.I.da ko‘krak qafasining old va orqa, o‘ng va chap yuzalarida, ikki yelka sohalarida, bel va qorin bo‘shlig‘ida sanchilgan-kesilgan hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari mavjudligi qayd etilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining hukmiga ko‘ra Sh.A. Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan yigit aybli deb topilgan.
Uning muqaddam sudlanmagani, jabrlanuvchi bilan yaqin qarindoshligi inobatga olinib, kodeksning 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanilib, 7 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA
Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu
SINCHKOV NIGOH BILAN
Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda