calendar 29 Sep 16:20
eye 35
comments 0
comments Manba: zamin

Shimoliy Koreya mamlakat tarixida ilk marta gipertovushli raketa uchirdi

image
Foto: ria.ru
Shimoliy Koreya «Xvason-8» deb nomlangan yangi gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazganini maʻlum qildi. Bunga qadar Pxenyanda bu turdagi qurol yo'q edi.

Sinovlar 28 sentyabr kuni ertalab Chagan provintsiyasida bo'lib o'tgan, deb yozadi Janubiy Koreyaning Ёnhap agentligi Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi xabariga tayanib.

Markaziy telegraf agentligi xabarida «Xvason-8» raketasi «strategik qurol» deb nomlangan, bu uning yadroviy zaryadga ega ekanini anglatishi mumkin, deb yozadi BBC News.

KXDR vakillari raketani «eng muhim beshta» yangi qurol tizimlaridan biri deb atagan. Bunday tizimlar haqida Shimoliy Koreyaning 2021 yil yanvar oyida qabul qilingan besh yillik harbiy rejasida tilga olingan.

28 sentyabr kuni Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo'mitasi KXDR Yapon dengizi tomon kamida bitta raketa uchirganini maʻlum qildi. Kёdo manbalariga ko'ra, bu qisqa masofali ballistik raketa bo'lgan.

Avvalroq AQSh Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari boshqarmasi gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazgani haqida maʻlum qilgandi. Parvoz paytida raketa tezligi tovush tezligidan besh baravar yuqori bo'lgan.

Maʻlumot uchun: Gipertovushli raketa — odatiy raketalarga qaraganda ancha tezroq va boshqarish osonroq, bu esa ularning raketalarga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan tutib olinishini qiyinlashtiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
56
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

20 Mar 12:50
 
60
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

23 Mar 16:44
 
71
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

20 Mar 12:55
 
81
0
xs.uz

Rossiya Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid – Yevropa Ittifoqi

Yevropa Ittifoqining yangi mudofaa boʻyicha Oq kitobida Rossiya yaqin kelajakda Yevropa xavfsizligiga 'fundamental tahdid' boʻlib qolishi taʼkidlangan. Ushbu hujjat 2030-yilgacha Yevropa mudofaasining operativ tayyorgarligi boʻyicha tahlillarni oʻz ichiga oladi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.Hujjatda Rossiya yadro qurollari borasida agressiv siyosat olib borayotgani, Belarusga yadroviy qurol joylashtirayotgani va boshqa avtoritar davlatlar bilan hamkorligini kuchaytirayotgani taʼkidlangan