calendar 27 Sep 19:10
eye 34
comments 0
comments Manba: daryo

Superliga. “Nasaf” “Bunyodkor”ga javobsiz 5 ta gol urdi, “Lokomotiv” so‘nggi daqiqalarda penaltidan gol urib g‘alabani ilib ketdi

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 20-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin 27-sentabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Nasaf”

“Nasaf” Qarshida “Bunyodkor”ni qabul qildi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Mezbonlar safida Husayn Norchayev dubl qayd etgan bo‘lsa, qolgan gollarga Bahrom Abdurahimov, Oybek Bozorov va Suhrob Nurilloyev mualliflik qildi.

G‘alabadan so‘ng “Nasaf” ochkolarini 33 taga yetkazdi va 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Bunyodkor” 32 ochko bilan 5-o‘ringa tushib ketdi.

“Lokomotiv” o‘zida “Mash’al” bilan o‘zaro bahs olib bordi. Dramatik ruhda kechgan o‘yinda 34-daqiqada Godvin Chika Okvara mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 51-daqiqada Jasur Jaloliddinov chiroyli gol bilan hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Temurxo‘ja Abduxoliqov penaltidan gol urib, “Lokomotiv”ga g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Lokomotiv” 29 ochko bilan 7-o‘ringa chiqqan bo‘lsa, “Mash’al” 18 ochko bilan 11-o‘rinni band etib turibdi.

20-turdan so‘ng musobaqa jadvali:

Foto: UzPFL

Superliga

20-tur bahslari

27-sentabr, dushanba

“Nasaf” — “Bunyodkor” 5:0

Gollar: 1:0 — 9 Abdurahimov, 2:0 — 18 Norchayev, 3:0 — 81 Norchayev, 4:0 — 87 Bozorov, 5:0 — 90 Nurulloyev

“Nasaf”: 1. Umidjon Ergashev, 4. Husniddin Aliqulov, 7. Doniyorjon Narzullayev (20. Suhrob Nurilloyev, 82), 8. Dilshod Saitov, 18. Bahrom Abdurahimov (50. Shohmalik Komilov, 82), 19. Husayn Norchayev (99. Andrey Kaluderovich, 86), 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich (70. Abu Bakr Rizo Turdialiyev, 86), 92. Umarbek Eshmurodov.

“Bunyodkor”: 71. Sarvar Karimov, 4. Davronjon Ergashev, 6. Avazbek O‘lmasaliyev ( 37. Muhammadodil Qahramonov, 76), 10. Xurshid G‘iyosov (7. Farhod Mirahmatov, 76), 13. Lutfulla To‘rayev (8. Sanjar Rashidov, 82), 14. Mirjahon Mirahmadov (22. Shahboz Erkinov,34),  17. Odiljon Abdurahmonov, 19. Nurillo To‘xtasinov, 26. Ulug‘bek Abdullayev (34. Suhrob Izzatov,76), 30. Abdulla Abdullaev, 49. Ibrohim Tomiva.

Ogohlantirish: Abdurahmonov (36), Stanoyevich (38), To‘rayev (41).

“Lokomotiv” — “Mash’al” 2:1

Gollar: 0:1 — 34 Chika Okvara, 1:1 — 51 Jaloliddinov, 2:1 — 90+8 Abduxoliqov (penalti).

“Lokomotiv”: 35. Javohir Ilyosov, 37. Sherzod Fayziyev, 3. Islom Qobilov, 20. Jaloliddin Jumaboyev (27. Islom Rashidxonov, 46), 28. Shuhrat Muhammadiyev (22. Samuel Ope, 80), 5. Kaxi Maxaradze, 19. Jasur Jaloliddinov, 21. G‘ulom Haydar G‘ulomov, 77. Diyor Turopov, 14. Aziz Amonov (54. Igor Chikrizov, 72), 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov

“Mashal”:  35. Dostonbek To‘xtaboyev, 2. Zafarbek Akramov (18. Abbos Shodmonov, 74), 5. Najmiddin Normurodov, 9. Oybek Nurmatov (99. Jahongirbek Abdusalomov, 77), 10. Godvin Chika Okvara, 11. Samuel Chigozi (19. Qahramon Bahodirov, 88), 13. Shahzod Shaymanov (15. Muhammad Aliqulov, 77), 17. Jamoliddin Ubaydullayev, 22. Sirojiddin Qo‘ziyev, 23. Samandar Shukurillayev, 27. Muhammad Yo‘ldashev (33. Sirojiddin Allayev, 88).

Ogohlantirishlar: Okvara (63), Jaloliddinov (64), Ubaydullayev (90+10), Allayev (90+10).


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:55
 
59
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

16 Apr 09:12
 
37
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

21 Apr 08:34
 
335
0
xs.uz

“9 nafar futbolchi 11 nafar futbolchiga qarshi”: Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi sohibiga aylandi

Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida oʻtkazilayotgan 17 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Ahamiyatlisi shundaki, ushbu turnirning final bahsida Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqa mezboni hisoblangan Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi saf tortdi.Oʻyinning birinchi boʻlimi hamyurtlarimiz uchun omadsiz yakunlandi. Tengkurashlar ostida oʻtgan dastlabki 45 daqiqalikning 40-daqiqasida terma jamoamiz futbolchisi Nurbek Sarsenbayevga qizil kar

18 Apr 11:08
 
324
0
xs.uz

Yosh yengil atletikachilarimiz Osiyo chempionatini ikki medal bilan boshladi

Milliy olimpiya qo'mitasi xabariga ko'ra, musobaqaning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.Har ikki medalni qizlarimiz bosqon uloqtirish va 1500 metrga yugurish dasturlarida qo'lga kiritishdi.Bronza medal:Shahribonu Zaripova (bosqon uloqtirish)Marjona Saydullayeva (1500 metr).