Narzullo Oblomurodov Samarqandda saylovchilar bilan uchrashdi va ularni saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov 25-sentabr, shanba kuni saylovchilar bilan uchrashish, yaqindan muloqot qilish uchun Samarqand viloyatiga bordi. Uchrashuv viloyat qurilish boshqarmasi zalida bo‘lib o‘tdi.
Albatta, partiya va uning raisi yangi bo‘lganligi sababli Ekopartiya prezidentlikka ko‘rsatgan nomzod ko‘pchilikka notanish bo‘lishi mumkin. Shu sababli uchrashuv avvalida uning qisqacha tarjimai holi bilan tanishtirib o‘tildi. Xo‘sh, Narzullo Oblomurodov haqida nimalarni bilamiz?
Narzullo Oblomurodov Yaponiya va Yevropa ittifoqidagi rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida o‘qigan hamda u yerdagi ilmiy markazlarda malaka oshirgan. Uning amalga oshirgan loyihalari ham partiya g‘oyasiga mos. Xususan, u oxirgi 10 yillikdagi eng dolzarb muammo bo‘lib turgan, Orolbo‘yi hududi muammolarini yechishga qaratilgan qator loyihalar muallifi hisoblanadi. “Mo‘ynoqqa madad” xayriya velomarafoni, “Daraxt eking” aksiyasi, ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar tanlovi shular jumlasidandir.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Narzullo Oblomurodov hududdagi saylovchilarni, umuman respublika bo‘ylab ko‘plab aholini qiynab turgan muammoning yechimini aytib o‘tdi. Chekka qishloqlardagi elektr energiyasi va suv ta’minotidagi kamchiliklar barchaga ayon. Uning saylovoldi dasturidan aynan shu muammolarning yechimi o‘rin olgan. Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda olis qishloqlardagi suv ta’minotini oshirish ko‘zda tutilgan.
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda suvni chuchuklashtiruvchi lokal qurilmalar barpo etish orqali olis qishloq joylarda suv ta’minoti sezilarli darajada yaxshilanadi”, — deydi Narzullo Oblomurodov.
Oblomurodovning ta’kidlashicha, ekologik muammolarni hal qilish bir kishining yoki hukumatning qo‘lidan kelmaydi, aholining qarashlari ham o‘zgarishi kerak.
“Atmosferaga chiqayotgan zaharli moddalarning oldini olish uchun kundalik hayotimizda tabiatga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartirishimiz kerak. Eng katta xatomiz — biz kimdir qilib berishi kerak, deb yashaymiz. Aslida, o‘zimiz harakat qilishimiz kerak. Aynan shuning uchun biz ekologiya, aholi salomatligi yo‘lida odamlarning fikrini o‘zgaritishga harakat qilyapmiz”, — dedi Narzullo Oblomurodov.
Tabiiyki, Ekopatiyadan saylangan prezident faqatgina ekologik muammolar bilan shug‘ullanmaydi, boshqa masalalar ham bor. Narzullo Oblomurodov elektron hukumat va davlat xizmatlariga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Aholiga qulaylik yaratish maqsadida elektron hukumat tizimi yanada keng joriy etiladi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi oshiriladi. Bu ishlar pandemiya davrida paydo bo‘lgan uzun navbatlarning oldini oladi”, — deb aytdi prezidentlikka nomzod.
Sog‘lom va toza kelajak uchun O‘zbekiston Ekologik partiyasidan ko‘rsatilgan Narzullo Oblomurodov nomzodiga ovoz bering.
Reklama huquqi asosida.
«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA
Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu
SINCHKOV NIGOH BILAN
Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda