Pxenyan Janubiy Koreya bilan urushni to'xtatish shartini aytdi

Foto: Getty Images
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Pxenyan Janubiy Koreya bilan urushni to'xtatishga tayyorligi, ammo buning maʻlum shartlari borligini maʻlum qildi.
Gap shundaki, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chjye In joriy hafta ikki koreys davlati hamda ularning ittifoqchilarini (AQSh, Xitoy) rasman ikki o'rtadagi urushga barham berish hamda yarimorolda tinchlik o'rnatishga chorlagan edi.
Shimoliy Koreyada tobora katta siyosiy nufuz kasb etib borayotgan Kim Yo Chjonga ko'ra, o'zaro aloqalarni yaxshilash borasida muzokara boshlash uchun Janubiy Koreya Pxenyanga nisbatan dushmanlarcha munosabatdan voz kechmog'i talab etiladi. Qayd etilishicha, yarim asrdan buyon davom etayotgan urushni rasman tugadi deb eʻlon qilish uchun hozircha asos mavjud emas.
«Ikkiyoqlama munosabat, mantiqsiz talablar, dushmanlarcha odatlar va bizning o'z-o'zini mudofaa qilish huquqimizga daxl qiluvchi g'anim pozitsiyasidan voz kechmoq lozim. Ana shu shartlar bajarilgandagina yuzma-yuz o'tirib, urush tugaganini baralla eʻlon qilish mumkin», – deydi Shimoliy Koreya rahbarining singlisi.
Janub hamda Shimol o'rtasidagi urush 1953 yili sulh bitimi bilan yakunlangan, ammo ikki davlat haligacha urush holatida yashamoqda. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chjye In bir necha yildan buyon 70 yillik urushga butkul barham berishga urinib kelmoqda. Prezident Mun Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan Pektu tog'ida uchrashdi ham. Ammo shimollik «dohiy» tinchlik muzokaralariga ro'yxushlik bermayotir. Uning buyrug'i bilan hatto ikki tomonlama muzokaralar uchun qurilgan maxsus bino portlatib yuborildi.
So'nggi paytlarda esa goh Shimol, goh Janub o'z mudofaa qudratini ko'rsatib, harbiy sinovlar o'tkazmoqda. Pxenyan Seul hamda uning ittifoqchilaridan iqtisodiy sanktsiyalarni bekor qilishni talab etmoqda. Shimoliy Koreya rahbariyatiga esa yadro qurolidan butkul voz kechish talabi qo'yilgan. Ammo har ikki tomon bir-birining shartlariga ko'nmayotir. Kim Chen In esa xalqaro hamjamiyatni xavotirga qo'yib, yadro quroliga ega bo'lish yo'lidagi izlanishlarni qayta boshlab yuborgan.
Shimoliy Koreya rahbarining singlisi Kim Yo Chjon bergan so'nggi bayonot munosabatlar yanada chigallashayotganidan dalolat bermoqda.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Kim Yo Chjon ayni paytda Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo'mitasining targ'ibot va tashviqot bo'limi rahbari o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. U davlat rahbarining vorisi ekani haqida taxminlar mavjud. Xususan, o'tgan yili Kim Chen In yurak jarrohligi operatsiyasidan keyin o'lim to'shagida yotgani, uning o'rnini singlisi egallashi haqida ovoza tarqalgan edi.
Shimoliy Koreya xalq demokratik respublikasi taʻsis etilgan 1948 yildan buyon o'lkani Kimlar sulolasi idora etib keladi. Jumladan, Kim Ir Sen 1948-1994, Kim Chen Ir 1994-2011 yillarda rahbarlik qilgan. Bobosi va otasidan qolgan «taxt»ni esa 2011 yilda Kim Chen In egallagan. "Zamin" yangiliklarini "Odnoklassniki"da kuzatib boring
Buyuk Britaniya ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz qoʻshinlarini Ukrainada besh yilgacha joylashtirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda
Britaniya ittifoqchilar tomonidan muhokama qilinayotgan rejalar asosida Ukrainaga besh yil davomida qoʻshin kiritish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqida 'The Telegraph' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, Ukraina hududiga qoʻshin kiritish mamlakatga qilinishi mumkin boʻlgan yangi bosqinning oldini olishi hamda Ukraina armiyasini tayyor holatga keltirish va qayta shakllantirishga yordam beradi.Ukraina hududiga kiritilishi mumkin boʻlgan qoʻshinlarning aniq soni haqida hech qanday ma
AQSH moliya vaziri Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim qachon imzolanishini maʼlum qildi
AQSH moliya vaziri Skott Bessent shu hafta Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim imzolanishi mumkinligini aytdi.Uning taʼkidlashicha, tomonlar kelishuvlarga 'juda yaqin' va hujjat yaqin kelajakda imzolanishi mumkin. Vazir, shuningdek, oʻtgan hafta oxirida Kiyev vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelishuv boʻyicha yangi takliflar ilgari surilgani va muzokaralar hali ham davom etayotganini aytdi.Shu yilning 11-12-aprel kunlari Ukraina va AQSH oʻrtasida Ukraina resurslariga o
Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada
AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda
AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona