calendar 23 Sep 16:10
eye 29
comments 0
comments Manba: daryo

Termizda rashk sabab xotiniga pichoq urgan er uni o‘ldirib qo‘ydi

image

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida rashk sabab xotinini o‘ldirib qo‘ygan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 18-sentabr kuni soat 15:00 larda Q.Q. yashash uyida turmush o‘rtog‘i D.J.ni rashk qilib, o‘zaro janjallashishi oqibatida qo‘lidagi pichoq bilan uning chap ko‘krak qismiga bir marotaba urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Jarohatlangan ayol kasalxonaga olib ketilayotganda yo‘lda vafot etgan.

Shu kuni Q.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

12 Apr 21:15
 
28
0
xs.uz

Dollar kursi yana koʻtarila boshladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

SADOQATLI KO‘MAKCHILAR

Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN

        G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.