calendar 19 Sep 10:10
eye 31
comments 0
comments Manba: daryo

O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 66 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi birinchi marta vaksina oldi

image

O‘zbekistonda 16-sentabr kuni COVID-19 ga qarshi 191 208 doza vaksina qo‘llandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Shundan 66 021 doza birinchi bosqichda, 83 091 doza ikkinchi bosqichda va 42 096 doza uchinchi bosqichda qo‘llangan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mamlakatda ayni kungacha jami 18 273 581 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ulardan 1-bosqichda emlanganlar 10 400 129 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 5 828 313 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 2 045 139 nafarni tashkil qildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar esa  3 669 298 nafarni tashkil qilmoqda.

Shu kuni emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Andijon viloyati (24 871 doza),
  • Toshkent viloyati (23 244 doza),
  • Namangan viloyati (20 725 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Farg‘ona viloyatida 2 048 154 doza,
  • Andijon viloyatida 1 989 987 doza,
  • Namangan viloyatida 1 988 075 dozani tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina 24 million 269 ming dozani tashkil qilmoqda. Emlash jarayonida ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, “Sputnik V”, Moderna va Pfizer/BioNTech vaksinalaridan foydalanilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

12 Apr 21:15
 
28
0
xs.uz

Dollar kursi yana koʻtarila boshladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
55
0
postda.uz

SADOQATLI KO‘MAKCHILAR

Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN

        G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.