Konferensiyalar Ligasi. Eldor Shomurodov 2 ta golli uzatma bergan o‘yinda “Roma” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha Yevropa Konferensiyalar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Roma” 16-sentabr, payshanba kuni “SSKA Sofiya” bilan bahs yuritdi.
Foto: Getty Images
Rimda o‘tgan o‘yinda umumiy hisobda 6 ta gol urildi. Dastlab 10-daqiqada mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgandi. Biroq Joze Mourinyo shogirdlari 25-daqiqada Lorenso Pellegrinining golidan so‘ng muvozanatni tikladi. 38-daqiqaga kelib, Stefan ash-Shaaravi Eldor Shomurodovning uzatmasini golga aylantirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan keyin “Roma” yana 3 bor Bolgariya klubi darvozasiga yo‘l topdi. Pellegrini dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Janluka Manchini va Temmi Abraham ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Abrahamning goliga ham Eldor Shomurodov assistentlik qildi, o‘zbekistonlik hujumchi bu vaziyatda jamoadoshini darvozabon bilan birga-bir vaziyatga olib chiqdi.
Shu tariqa “Roma” Konferensiyalar Ligasi guruh bosqichidagi ilk o‘yinni yirik g‘alaba bilan boshladi. Shomurodov esa 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uchrashuv videosharhini bu yerda tomosha qilish mumkin — ko‘rish.
“Tottenhem” “Renn” maydoniga safar qilib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Fransuz jamoasi safida Flavyen Te va Gaetan Labord gol urgan bo‘lsa, Pyer Hyoybyerg “shporlar”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi.
Konferensiyalar Ligasi
1-tur bahsi
16-sentabr, payshanba
“Roma” Italiya – “SSKA Sofiya” 5:1
Gollar: 0:1 – 10 Keri, 1:1 – 25 Pellegrini, 2:1 – 38 ash-Shaaravi, 3:1 – 62 Pellegrini, 4:1 – 82 Manchini, 5:1 – 84 Abraham.
“Roma” – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Rojer, 46), Smolling, Manchini, Kalafyori (Kumbula, 77), Pellegrini (Abraham, 75), Vilyar (Veretu, 58), Diavara (Kristante, 58), ash-Shaaravi, Shomurodov, Karles Peres.
“SSKA Sofiya” – Buzatto, Turitsov (Donchev, 74), Matey, Galabov, Maziku, Yomov (Be, 68), Lam, Muxar, Keri, Krastev (Axmedov, 87), Vildsxut.
Ogohlantirishlar: Vildsxut (67), Lam (90).
Chetlatish: Vildsxut (80).
“Renn”—“Tottenhem” 2:2
Gollar: 0:1 – 11, avtogol Bade, 1:1 – 23 Te, 2:1 – 71 Labord, 2:2 – 76 Hyoberg.
“Qayrat”—“Omoniya” 0:0
“Flora”—“Gent” 0:1
Gol: 0:1 – 54 Lemaich.
“XIK”—“LASK” 0:2
Gollar: 0:1 – 15 Maresich, 0:2 – 89 Monshayn.
“Mura”—“Vitess” 0:2
Gollar: 0:1 – 30 Tronstad, 0:2 – 69 Duki.
“Slaviya”—“Union Berlin” 3:1
Gollar: 1:0 – 18 Ba, 1:1 – 70 Berens, 2:1 – 84 Kuxta, 3:1 – 88 Shrans.
“Slovan”—“Kopengagen” 1:3
Gollar: 0:1 – 18 Vind, 1:1 – 21 Xenti, 1:2 – 41 Stage, 1:3 – 68, penalti Vind.
“Linkoln”—“PAOK” 0:2
Gollar: 0:1 – 45 Akpom, 0:2 – 56 Mitritse.
“Qorabog‘”—“Bazel” 0:0
“Anortosis”—“Partizan” 0:2
Gollar: 0:1 – 42 Menig, 0:2 – 68 Rikardu Gomesh.
“Bude Glimt”—“Zarya” 3:1
Gollar: 1:0 – 48 Saltnes, 2:0 – 49 Solbakken, 3:0 – 60 Pellegrino, 3:1 – 90 Gromov.
“Yablonets”—“CHFR” 1:0
Gol: 1:0 – 52, penalti Pilarj.
“Randers”—“AZ Alkmar” 2:2
Gollar: 0:1 – 24 Klasi, 1:1 – 27 Pizinger, 1:2 – 34 Pavlidis, 2:2 – 68 Graves.
“Makkabi Tel-Aviv”—“Alashkert” 4:1
Gollar: 1:0 – 13 Peritsa, 1:1 – 17 Joze Embalo, 2:1 – 32 Kanixovskiy, 3:1 – 45, penalti Biton, 4:1 – 72 Xozez.
“Makkabi Xayfa”—“Feyenoord” 0:0
“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi
Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
Xokkeychilarimiz debyut o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi
Quvonarlisi, ilk bor dunyo birinchiliklarida maydonga chiqqan yigitlarimiz Kuvaytni yirik 13:3 hisobida mag'lub etishdi.
Endilikda sportchilarga sport pasporti elektron shaklda berilishi yo‘lga qo‘yiladi
Endilikda, sport pasportini berish davlat xizmatini ko'rsatishda sportchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida sport pasportining amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali elektron shaklda berilishi yo'lga qo'yiladi.Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 dekabrdagi PQ-443-son qarori talablariga muvofiq, sport pasportini amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali el