calendar 13 Sep 07:10
eye 58
comments 0
comments Manba: daryo

“Davlat mablag‘i shaxsiy mablag‘im emas, shartnoma bo‘lsagina, to‘lab beramiz”. Tadbirkordan qarzdor ekani aytilgan qashqadaryolik mansabdor vaziyatga izoh berdi

image

Yoshlar ishlari agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tadbirkordan 20 million so‘m qarzdor ekani haqida xabar berildi. Mazkur ayblovga munosabat bildirgan mas’ul — agentlikning viloyatdagi rahbari Temur Poyonov ushbu qarzdorlikni asoslovchi shartnoma yo‘qligini, shu sabab davlat mablag‘ini maqsadsiz sarflay olmayotganini ochiqladi.

Temurbek Poyonov.

Foto: Yoshlar ishlari agentligi

Qayd etilishicha, qarshilik tadbirkor shahardagi choyxonasida Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan yoshlar festivalida yoshlarga tushlik qilib bergan. Biroq tadbirkorning shu xarajati to‘qqiz oydan beri qoplab berilmagan.

Mazkur ayblovga agentlikning viloyat boshqarmasi mansabdori — boshqarma boshlig‘i Temur Poyonovning shaxsan o‘zi javob bergan.

“Hurmatli Qashqadaryo yoshlari va hurmatli blogerlar! 2020-yilning dekabr oyida o‘tkazilgan festivalda men boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatganman va menda davlat xaridlari va shartnomalarni imzolash vakolati bo‘lmagan. Sobiq boshqarma boshlig‘i Shohjahon Omonov ham mart oyiga qadar, agar ushbu qarzdorlik haqiqatan mavjud bo‘lsa, to‘lab bermagan. Mahalliy hokimliklar va ularga tegishli boshqarmalarning har qanday savdosi ochiq auksion birjalari orqali amalga oshirilishini va har qanday davlat mablag‘larining foydalanish tartibi tegishli nizomda aniq, batafsil keltirib o‘tilgan”, — deydi Temur Poyonov vaziyatga aniqlik kiritar ekan.

Temur Poyonovning aytishicha, festivalda yoshlarga tushlik qilib bergan tadbirkor va boshqarma o‘rtasida hech qanday shartnoma imzolanmagan.

“Afsuski, 2020-yilning dekabr oyidagi festival mablag‘larini to‘lab berish yuzasidan tadbirkor va tashkilot o‘rtasida hech qanday shartnoma imzolanmagan. Vaholanki, boshqarma mablag‘i bu — davlat mablag‘lari, mening shaxsiy mablag‘im emas va uning qonuniy sarflanishi yuzasidan Davlat nazorat va taftish boshqarmasi hamda prokuratura organlari vakolatli yuridik shaxs ekanligini eslatib o‘taman”, — deydi Temur Poyonov.

Boshqarma boshlig‘i tadbirkor tomonidan agentlikka asoslantirilgan hujjatlar taqdim etilsa, barcha mablag‘larni to‘lab berishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, agentlikning tadbirkordan qarzdorligi yuzaga kelgan paytda boshqarma boshlig‘i lavozimida o‘tirgan Shohjahon Omonov jamoatchilikka agentlikning tuman bo‘limi rahbarlarini tayinlashda agentlik suhbatidan o‘tgan va ular tavsiya qilgan nomzodlarni emas, boshqalarni tayinlashi bilan, shuningdek, respublika tashkiloti suhbatidan o‘tgan rahbarlikka nomzodlarni “tajribasiz, rejasiz, yoshlarning muammolaridan bexabar” deb atashi bilan tanilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
39
0
postda.uz

«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA

Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu

20 Mar 12:50
 
61
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
53
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda