13 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy taʻlim berib kelgan ona-bola aniqlandi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy taʻlim berish bilan shug'ullanib kelgan ona-bola aniqlandi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmatiga tayanib, NasafNews xabar berdi.
Maʻlum qilinishicha, «Denov» mahallasida yashovchi fuqaro F.K. o'zining yashash uyida Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi ikki nafar voyaga yetmagan bolaga hamda uning 19 yoshli qizi M.S. maktab yoshidagi 11 nafar o'quvchi qizlarga yashash va o'qishi uchun belgilangan talablarga javob bermaydigan joyda, hujra sharoitida diniy taʻlim berib kelgan.
Maʻlumotlarga ko'ra, o'rganishlar davomida fuqaro F.K. va uning qizi M.S. hyech qanday rasmiy diniy maʻlumotga ega emas.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan voyaga yetmagan o'quvchilarga ruhiy yoki jismoniy tazyiq o'tkazilgani yoki o'tkazilmagani, taqiqlangan g'oyalarni sindirilgan yoki sindirilmaganlik holatlari tekshirilmoqda. "Zamin" yangiliklarini "Instagram"da kuzatib boring
Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi
Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'qayd etildi.Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 mega
Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi
Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu
Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik