calendar 10 Aug 09:31
eye 38
comments 0
comments Manba: qalampir

Uchta viloyatda o'qishga kirib qo'yishni vaʻda qilganlar ushlandi

image
image

Toshkentda Yuridik universitetiga, Farg'onada O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg'ona filialiga, Namanganda Qirg'iziston Respublikasi Botken viloyatdagi universitetlardan biriga o'qishga kiritishni vaʻda qilganlar ushlandi. Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

Toshkentda abituriyentni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga o'qishga kiritib qo'yishni vaʻda qilib, xizmati evaziga 18 ming AQSh dollari talab qildi. Ushbu holat Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. 

Maʻlum bo'lishicha, ushbu shaxs pullarni Toshkent davlat pedagogika universitetining sobiq o'qituvchisiga berishi kerak bo'lgan va tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur shaxs ham pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yana bir shunga o'xshash holatda, Toshkentdagi universitetlardan birining kafedra mudiri boshqa bir shaxsdan uning tanishini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali o'qishga kiritib qo'yishni vaʻda qilgan. O'qishga kiritish evaziga undan 10 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida qo'lga tushgan.  

DXXning Farg'ona viloyati bo'yicha boshqarmasi hamda Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda viloyatdagi institutlardan birining talabasi mahalliy fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg'ona filialiga o'qishga kiritib qo'yishni vaʻda qilgan. Buning evaziga undan 5 ming AQSh dollarini olganda ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan. 

Qayd etilishicha, talaba ushbu pullarni o'zi taxsil olayotgan institutning sirtqi bo'limi bosh mutaxassisiga berishi kerak bo'lgan. Shundan so'ng, tezkor tadbir davom ettirilib, u ham 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.  

Shuningdek, Namangandagi universitetlardan birining magistranti 2,5 ming AQSh dollari evaziga boshqa bir fuqaroni Qirg'iziston Respublikasi Botken viloyatdagi universitetlardan biriga Iqtisodiyot yo'nalishiga o'qishga kiritib, 1-bosqichni tamomlaganlik haqidagi maʻlumotnomani tayyorlatib berishni vaʻda qiladi.  

O'tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 2,5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
41
0
xs.uz

Andijon viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2025-yilda erishilishi rejalashtirilgan asosiy maqsadlarga oid taqdimot bilan tanishdi.Joriy yilning birinchi choragida investitsiya loyihalari samarasida hamda tijorat banklari ishtirokida 77 ming nafar fuqaro ish bilan ta'minlangan.Umuman, 2025-yilda 5 milliard 700 million''dollarlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu orqali 31 mingta ish o'rni ochiladi. 31 turdagi yangi mahsulot olish yo'lga qo'yilib, 1,5 milliard dollarlik ekspo

24 Mar 13:25
 
86
0
xs.uz

Andijonda “Matiz” ikki bolani urib yubordi

Andijon viloyati Asaka tumanida 'Matiz' ikki nafar bolani urib yubordi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea Asaka tumani Yuksalish MFY hududidan oʻtgan D-105E Asaka'Humo avtomobil yoʻlining 2-kilometrida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, 44 yoshli A.O. oʻzining 'Matiz' rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.YTH oqibatida tan j

20 Mar 12:54
 
55
0
xs.uz

Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi

Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan

20 Mar 12:54
 
56
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig