Tokio-2020: MDHda ikkinchi, Markaziy Osiyoda birinchi bo'ldik! (jadval)

Bundan biroz avval Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlaridagi so'nggi o'zbekistonlik sportchi – Bahodir Jalolov finalda amerikalik bokschini taslim qilgan holda terma jamoamiz hisobiga 3-oltin medalni yozdirib qo'ydi. Shu tariqa O'zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallari bilan Olimpiadani yakunladi.

Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlarining yakunlanishiga ham sanoqli soatlar qolmoqda. O'zbekiston delegatsiyasi hozirda 3 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 31-o'rinni egallab turibdi.
Ushbu natijani MDH mamlakatlari orasida oladigan bo'lsak, O'zbekiston Rossiya Olimpiya qo'mitasi delegatsiyasidan so'ng 2-o'rinni egalladi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 1-o'rinni qo'lga kiritishdi. O'zbekistondan so'ng 2-o'rin qo'shni Qirg'iziston delegatsiyasiga nasib etdi. 16 nafar sportchi bilan Olimpiadaga borgan Qirg'iziston yakunda 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi. Keyingi o'rinlarni Turkmaniston (1 ta kumush) va Qozog'iston (8 ta bronza) egalladi. Tojikiston esa musobaqani medalsiz yakunladi.
Ronaldu Rudigerga, Mbappe Yamalga qarshi: UEFA Millatlar Ligasi 2025-yilgi final bosqichi qayerda oʻtkaziladi?
UEFA Millatlar Ligasi 2025-yilgi final bosqichi ' 'Final toʻrtlik' Germaniyada boʻlib oʻtadi. Bu haqida Germaniya terma jamoasining chorak finaldagi gʻalabasidan soʻng maʼlum qilindi. Germaniya terma jamoasi Italiyaga qarshi oʻtkazilgan ikki uchrashuv natijasiga koʻra 5:4 hisobida ustun keldi va yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 20-mart kuni Milanda boʻlib oʻtgan dastlabki uchrashuvda nemislar 2:1 hisobida zafar quchgan edi.23-mart kuni Dortmund shahrida boʻlib oʻtgan javob
Кучлар яшил майдонда синалди
Жиззах вилояти ИИБ бошлиғи кубоги учун соҳавий хизматлар ҳамда ҳудудий ички ишлар бошқарма ва бўлимлари ходимлари ўртасида мини футбол мусобақаси бўлиб ўтди. Икки кун давом этган ва 19 та жамоа қатнашган баҳсларда биринчи ўринни Жиззах шаҳар ИИБ жамоаси қўлга киритди.
BIZ SEN BILAN FAXRLANAMIZ
Sportga qadam qo‘ygan har bir yosh yigit-qizning bir orzusi bor: u ham bo‘lsa chempion bo‘lish, jahon arenalarida vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarish.Azizbek orzusiga yetishish uchun tinmay harakat qilmoqda. Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyning 2-bosqichda tahsil olayotgan Azizbek Bahodirov 2–6-oktabr kunlari Toshkent shahrida sportning muay-tay turi bo‘yicha «O‘zbekiston kubogi» uchun kurashilgan musobaqada 67 kg vazn toifasida f
Boks afsonasi 76 yoshda vafot etdi
Boks olamidagi afsona, Olimpiada chempioni va jahon rekordchisi Jorj Forman 76 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Uning vafoti 2025-yil 21-mart kuni yaqinlari ishtirokida roʻy bergani oila aʼzolari tomonidan maʼlum qilindi. Rasmiy bayonotda uning oʻlimi qarilik bilan bogʻlanmoqda. 'Qalbimiz chirparchin. Jorj oddiy, sevimli oila boshligʻi, buyuk inson edi', deyiladi Formanlar oilasi murojaatida.Jorj Formanning sportdagi yoʻli buyuk muvaffaqiyatlarga boy. U 1968-yil Mexikoda oʻtgan Olimpiya oʻ