calendar 31 Jul 12:10
eye 38
comments 0
comments Manba: daryo

O‘zbekistonda odam savdosi ikki baravardan ziyodga oshgan — Tanzila Norboyeva

image

Oliy Majlis Senatining 17-yalpi majlisida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 2021-yilning birinchi yarmida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida axborot berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bobojonovning aytishicha, respublikaning har bir hududida o‘tkazilgan kompleks tezkor-profilaktik tadbirlar kriminogen vaziyatning barqarorligini ta’minlash uchun zamin yaratgan.

“Xususan, joriy yilning 6 oyi yakuniga ko‘ra respublikaning 9 251 ta mahallasidan 4 559 tasida (49,3 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi”, — deydi vazir. 2017-yilning mos davrida jinoyatlar qayd etilmagan mahalla soni 3 855 ta (o‘shanda 9015 ta mahalla) bo‘lgan.

O‘zbekiston bo‘yicha jami 45 630 ta jinoyat qayd etilgan va bu o‘tgan yilga nisbatan 111,9 foizga (21 535) ortgan.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 548 ta korrupsiyaviy, 99 ta odam savdosi va 322 ta kiberjinoyatlar fosh etilgani aytilgan.

Senat raisi Tanzila Norboyeva avvallari jinoyat ko‘p bo‘lsa, tizim tashkilotlari yaxshi ishlamayotgani tanqid qilinganini, hozir esa aybdorlar qonun oldida javob berayotganini qayd etgan.

U, shuningdek, axborotda alohida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar borligi haqida gapirgan.

“Qariyb 3 mingta mahallada kriminogen vaziyat og‘ir, ya’ni ‘qizil’ toifada ekani hammamizni o‘ylantirishi kerak. Yoki odam savdosi bilan bog‘liq aniqlangan jinoyatlar oldingi yilga nisbatan ikki baravardan ziyodga oshgan. Xususan, 34 ta holatda chaqaloqlar savdosi jinoyati aniqlangani o‘ta tashvishlidir. Bu muammolarga faqat Ichki ishlar emas, balki Sog‘likni saqlash, mahalla vazirliklari, mas’ul ko‘plab tashkilotlar jonbozlik ko‘rsatsin”, — deydi Tanzila Norboyeva.

Avvalroq ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zbekistonda olti oy ichida 45 mingdan ortiq jinoyat sodir etilgan, shulardan 217 tasi qotillik ekanini ma’lum qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
39
0
postda.uz

«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA

Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu

20 Mar 12:50
 
61
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
53
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda