Samarqand viloyatida ichimlik suvi taʼminotidagi kamchiliklar koʻrib chiqildi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 26-iyun kuni boʻlib oʻtgan oʻn oltinchi yalpi majlisida Senat aʼzosi F.Toshevning “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining ijrosi doirasida Samarqand viloyatida ichimlik suvi taʼminoti obyektlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish ishlarida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar toʻgʻrisidagi masala koʻtarilgan edi. Ushbu masala Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan oʻrganildi.
Bugun, 30-iyul kuni oʻtkazilayotgan Senatning oʻn yettinchi yalpi majlisida mazkur oʻrganish natijalari Qoʻmita raisi E. Gadoyev maʼlumot berdi.
Oʻrganish natijasiga koʻra, Samarqand viloyatida 2,3 mln kishi yoki aholining 58,9 foiz markazlashgan tartibda, qolgan 1,6 mln kishi yoki aholining 41,1 foizi boshqa manbalar (shaxsiy quduq, kachalka, buloq, tashib berish) orqali ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Viloyatda 1 689 ta ichimlik suv olish inshooti mavjud boʻlib, shundan 542 tasi (32,1 foizi) taʼmirtalab holatda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori bilan tasdiqlangan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimi obyektlarini qurish taʼmirlash parametrlariga koʻra, viloyatda 35 ta obyektda 212 km uzunlikdagi tarmoq hamda 34 ta inshoot (yer osti qudugʻi, nasos stansiya, xlorlash xonasi)ni qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Joriy yilning 3-may kuni buyurtmachi va bosh pudrat tashkiloti oʻrtasida jami 35 ta obyektda 42,3 mlrd soʻmlik qurilish taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudrat shartnomalari tuzilgan.
Texnik jihatdan kuzatib boruvchi mutaxassislar tomonidan olib borilgan nazorat ishlariga koʻra, obyektlarda 127,9 km ichimlik suvi va 2,6 km oqova suv uchun transheya qazish ishlari amalga oshirilgan.
Amalga oshirilgan ishlar bilan birga, Dastur doirasidagi viloyat aholisi ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash tadbirlari ijrosini taʼminlashda qator muammo va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
Pudrat tashkilotlari tomonidan 79,1 km ichimlik suvi va oqova suv tarmogʻini qurish va rekonstruksiya qilish hamda 2 suv inshootini rekonstruksiya qilish ishlar amalga oshirilgan boʻlsada, amalda mazkur obyektlarning loyiha smeta hujjatlari sohaviy ekspertizadan oʻtmaganligi sababli, may-iyun oylarida bajarilgan ishlar uchun hisobvaraq fakturalar rasmiylashtirilmagan.
Shuningdek, 12 ta suv taʼminoti obyektlari qurilish boʻyicha loyihachi tashkilot tomonidan loyiha smeta hujjatlari va ekspertiza xulosalari buyurtmachiga taqdim etilmagan.
Qoʻshrabot tumani “Jonbuloq” MFY Mijgʻon qishlogʻi va Poyariq tumani “Baxrin” MFY Baxrin qishlogʻi aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun mazkur hududlardagi yer osti suvlarining belgilangan standart talablariga nomuvofiqligi sababli Zarafshon gidrogeologiya stansiyasi tomonidan xulosa berish rad etilgan.
Natijada bugungi kunga qadar muammo hal etilmaganligi sababli mazkur obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun mablagʻ (dastlabki avans toʻlovi) ajratilmagan va ichimlik suvi tarmogʻini yotqizish ishlari boshlanmagan.
Qolgan 33 ta obyektda joriy yilning 13-iyuliga qadar amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlari, joriy yilning may va iyun oylari uchun tasdiqlangan ishlarni bajarish grafigiga nisbatan ortda qolib 8,5 mlrd soʻmlik qurilish-montaj ishlari muddatida bajarilmasdan kechiktirilmoqda.
Qurilish ishlarining sust ravishda olib borilishi, qazilgan transheyalarga quvurlar yotqizilib, oʻz vaqtida koʻmilmasligi (50 kmga yaqin) natijasida aholi uchun noqulaylik keltirib chiqarib, mahalliy hokimiyat organlariga hamda mahalliy Kengash deputatlariga shikoyat tarzidagi murojaatlar soni oshgan.
Majlisda Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar va xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitalari hamda Mahalliy hokimiyat vakillari organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya Vazirlar Mahkamasi hamda Toshkent viloyati hokimligi mutasaddilari bilan birgalikda bir oy muddatda mummoni hal qilish choralarini koʻrishi va natijasi boʻyicha axborot kiritishi, shuningdek, keyingi yalpi majlisda ushbu masala boʻyicha tegishli mansabdor shaxslarning axborotini eshitish belgilandi.
Keksalar uchun uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida 'Keksalar reyestri'da turuvchi shaxslarga uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga biriktirilgan, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha '0' balldan '62' ballgacha baholangan 5 nafar shaxs ushbu xizmat turidan foydalanmoqda.'Keksalar reyestri', keksalar uchun uyda t
Samarqandda turizm qishloqlari koʻpaymoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Bugungi kunda Bulungʻur tumanida 19 ta arxeologik, 6 ta arxitektura madaniy meros obyekti roʻyxatga olingan boʻlib, sayyohlar diqqatini tortadigan ushbu joylar turizm maskaniga aylantirilmoqda. Tumandagi Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohi, Sheroz qalʼa yodgorligi joylashgan 'Erganakli' mahalla fuqarolar yigʻini ham tabarruk manzillardan hisoblanadi. Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohiga olib boruvchi 5,5 kilometr yoʻl taʼmirlanib, 6,5 kilometr ichimlik suvi
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig
Bayramga munosib tuhfa
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si