Yunusoboddagi FHDYo bo‘limi 4 mln so‘m qarzi sabab elektr energiyasiz qoldi

Toshkent shahri Yunusobod tumani FHDYo bo‘limi binosi elektr energiyasidan qarzdorligi sabab avtomatik ravishda tarmoqdan ajratib qo‘yilgan. Bu haqda tuman elektr ta’minoti korxonasi mutasaddilari ma’lum qildi.
28-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Yunusobod tumanidagi FHDYo bo‘limida elektr energiyasi yo‘qligi to‘g‘risida xabar tarqalgan. “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mutasaddilari tomonidan tumandagi FHDYo bo‘limida o‘rganish o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, ushbu tuman FHDYo bo‘limining elektr energiyasi ta’minotidan jami 4 million so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lib, idora binosi elektr energiyasidan qarzdorlik evaziga avtomatik ravishda tarmoqdan ajratilgan.
Ma’lum qilinishicha, respublika bo‘ylab elektr energiyasining barcha iste’molchilariga ASKUE hisoblagichlar o‘rnatilmoqda. O‘rnatilgan hisoblagichlarning qariyb 4 million 127 mingtadan ortig‘i billing tizimiga ulangan bo‘lib, hisob-kitoblar avtomat ravishda amalga oshirilmoqda. Bu elektr energiyasi hisobga olishni avtomatlashtirish markazida (Data center) markazlashgan holatda boshqariladi.
Ayni vaqtda tuman FHDYo bo‘limi tomonidan mavjud qarzdorlik bartaraf etilgandan so‘ng, bino barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlangan.
Avvalroq O‘zbekistonda elektr energiyasi bo‘yicha 3,5 trillion so‘m qarzdorlik mavjudligi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
Dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.
SADOQATLI KO‘MAKCHILAR
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi
NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN
G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.